Mavzu: Davlat byudjeti


Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari -


Download 1.19 Mb.
bet6/14
Sana29.01.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1140156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-Мавзу Давлат бюджети

Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari -

yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar va davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar

Soliqsiz daromadlarning guruhlanishi

  • Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkdan yoki xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar
  • Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo’lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar
  • Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar
  • Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar
  • Davlatga qarashli bo’lmagan manbalardan kapital transfertlar tizimlari bo’yicha tushumlar
  • Jarima-jazolarni qo’llash, yetkazilgan zararni qoplashdan tushumlar
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar
  • Boshqa turli soliqsiz tushumlar

Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, davlat byudjeti xarajatlari

  • davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag’larini taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq bo’lgan, davlat bilan davlat byudjetidan mablag’ oluvchilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy pul munosabatlari

Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra, byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi.

  • Davlat byudjetining joriy xarajatlari markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini ta’minlash uchun, shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‘laridir.
  • Davlat byudjetining kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari bo‘lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar kiradi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling