ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEkΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Davlat xarajatlarining ΔG mikdorga o`sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE mikdorda o`sishiga va umumiy xarajatlarning egri chizik bo`yicha yukoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chikarish xajmi (ΔY) mikdorida o`sadi.
Solikka tortish xisobga olinmaganda yopik iktisodiyot uchun davlat xarajatlari mul’tiplikatori va ishlab chikarishning muvozanatli xajmini kuyidagi tenglamalar sistemasini echish orkali topish mumkin:
Y=C+I+G
C=a+bY
Bu erda: Y=C+I+G – yopik iktisodiyot uchun asosiy makroiktisodiy ayniyat;
Tenlamalar sistemasini Y uchun echib kuyidagi natijani olamiz:
1
Y = ---------- (a+I+G);
1-b
Bu erda: 1/ – yopik iktisodiyotda solikka tortish xisobga olinmagan vaziyatda xarajatlar mul’tiplikatori;
(a+I+G) – avtonom xarajatlar;
b=MPC – istemolga chegaralangan moyillik bo`lib mul’tiplikator mikdorini belgilovchi asosiy omildir.
Solikka tortish xisobga olinganda iste`mol funktsiyasi o`zgaradi va C=a+b(1-t)Y ko`rinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiktisodiy ayniyatga ko`yib echsak, kuyidagi natijani olamiz:
1
Y= --------------- (a+I+G)
1-b ( 1-t)
Bu erda: 1 / (1-b(1-t) – yopik iktisodiyotda xarajatlar mul’tiplikatori;
t – chegaraviy solik stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Bu erda: ΔT – to`lanadigan soliklar mikdorining o`sishi;
ΔY – daromadlarning o`sishi.
Progressiv solik tizimi mul’tiplikator samarasini yumshatadi va ishlab chikarish xamda bandlilik darajalarini barkarorlashtiradi.
Solikka tortish xisobga olingan xoldagi xarajatlar mul’tiplikatori solikka tortish xisobga olinmagan xoldagi solik mul’tiplikatoridan ancha kichikrok mikdorga ega, chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir kismi soliklarga chegirilib, muomaladan chikadi va mal’tiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda xam ko`zga tashlanadi. SHuningdek ochik iktisodiyotda oshgan daromadlarning bir kismi importga yo`naltirilishi okibatida muomaladan chikib ketishi tufayli mul’tiplikator samarasi yopik iktisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochik iktisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikator va muvozanatli ishlab chikarish xajmi kuyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |