Mavzu: davlat byutjeti va fiskal siyosati Reja: Kirish


-b mt = ------------------


Download 33.8 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi33.8 Kb.
#1605994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu davlat bujeti

-b
mt = ------------------  ko`rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’
Demak soliklarni bir mikdorga kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi natijasida YAIM xajmining bundan necha marta ko`p mikdorga o`zgarishi iste`molga chegaralangan moyillik, chegaraviy solik stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga boglik
.
4. Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori.
Ochik iktisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikatori va solik mul’tiplikatorini xisobga olganda muvozanatli ishlab chikarish xajmi modeli kuyidagicha bo`ladi:
1 b
Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Aytaylik xukumat o`z xarajatlarini kandaydir mikdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun solik mikdorini xam shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliklar mikdorlarining bir vaktning o`zida bir xil mikdorda o`zgarishi natijasida daromadlarning jami o`zgarishi ΔY mikdori kuyidagiga teng bo`ladi:
1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliklar bir xil mikdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chikarish xajmi shu mikdorga teng yoki undan kamrok summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul’tiplikatori birga teng yoki undan kichikrok bo`ladi.
Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliklar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattarok bo`ladi. Bu xolat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol xajmiga ta`siri (soliklar o`zgarishi ta`siriga nisbatan) kuchlirok ekanligi okibatidir.
Ushbu fark fiskal siyosat vositalarini tanlashda muxim rol’ o`ynaydi. Agar xukumat davlat sektorini kengaytirmokchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliklarni oshirishi maksadga muvofik bo`ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga karatilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliklarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish makbul yo`l xisoblanadi.

Download 33.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling