Mavzu: davlat kredit turlari re’JA
Kontokorrent hisob raqami bo’yicha kreditlash tartibi
Download 63.46 Kb.
|
Mavzu davlat kredit turlari re’JA-fayllar.org
4. Kontokorrent hisob raqami bo’yicha kreditlash tartibi.
Bank kontokorrent hisob raqamidan moliyaviy jihatdan barqaror bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlarni kreditlaydi. Bu hisob raqam mijozning yagona hisob raqami hisoblanib, kredit shartnomasiga asosan ochiladi va bank shu hisob raqam orqali mijozning barcha turdagi amaliyotlarini amalga oshiradi. Mazkur hisob raqam aktiv-passiv hisoblanib, ya’ni ham aktiv, ham passiv qoldiqqa ega bo’lishi mumkin. Kredit oluvchi kontokorrent hisob raqami bo’yicha o’rnatilgan kreditlash limiti doirasida kreditlanadi. Kontokorrent hisob raqamiga kredit oluvchining barcha tushadigan mablag’lari kirim qilinadi. Agar kirim qilingan summa (tushum)lar olingan kredit summasidan oshib ketsa, u holda kontokorrent hisob raqami o’z belgilangan maqsadini o’zgartirmagan holda kreditli(qoplangan) qoldiqqa ega bo’ladi. Kontokorrent hisob raqamidan kreditlash, kredit oluvchining asosiy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan tovar-moddiy boyliklarini sotib olish, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlarini to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. Boshqa turlari (kechiktirib bo’lmaydigan extiyojlarga, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga va x.k.) to’lovlar kontokorrent hisob raqamidagi mavjud kreditli (qoplangan) qoldiq doirasida amalga oshiriladi. Kontokorrent hisob raqamidan berilgan kreditlarni undirish (qoplash) sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun tushadigan tushumni shu kontokorrent hisob raqamiga kirim qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kontokorrent hisob raqamidagi qoldiqlar bo’yicha foizlarni hisoblash, kredit shartnomasida qayd etilgan muddatlarda, debetli (qoplanmagan) va kreditli (qoplangan) qoldiqlar bo’yicha alohida - alohida amalga oshiriladi: - debetli qoldiq bo’yicha, mijoz bankka, kredit shartnomasida ko’rsatilgan foiz stavkasiga muvofiq foizlarni to’laydi; - kreditli qoldiq bo’yicha esa, bank mijozga, bankdagi hisob raqamga xizmat ko’rsatishga doir tuzilgan shartnomada belgilangan foizlarni to’laydi. Kontokorrent hisob raqamining amal qilish muddati 12 oydan oshmasligi kerak. Kredit oluvchi 12 oylik muddat tugashi bilanoq, bu hisobvaraqda kreditli qoldiqni ta’minlashi lozim. Agarda kreditlash muddati tugaganda ham, hisob raqamda debetli qoldiq bo’lsa, u holda berilgan kredit to’liq qaytarulmaguncha keyingisini berish to’xtatiladi. Kredit oluvchi, kredit shartnomasining shartlariga qat’iy rioya etib, barqaror moliyaviy xolatga ega bo’lsa, uning yozma iltimosnomasiga ko’ra kontokorrent hisob raqami bo’yicha kreditlash, ilgari belgilangan limit doirasida takroran tiklanishi mumkin.Bu hisob raqamda mablag’larning kreditli (qoplangan) aylanishini (debetli aylanishga nisbatan) ustunligi aniqlansa, kredit oluvchining moliyaviy - xo’jalik faoliyatini tahlili natijalari asosida kredit bo’limi xodimining xulosasi tayyorlanadi. Shu xulosani inobatga olgan holda, kontokorrent hisob raqamidan kelgusida foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to’g’risida qaror qabul qilinadi. Kredit oluvchining moliyaviy ko’rsatkichlari, to’lov qobiliyati yomonlashgan va kelgusida ularni yaxshilash imkoniyatlari bo’lmagan taqdirda, kredit komissiyasi kredit oluvchiga kontokorrent hisob raqami bo’yicha kredit berishni to’xtatish hamda berilgan kreditlarni, sotilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun tushadigan tushumni kontokorrent hisob raqamiga kirim qilish yo’li bilan qoplash to’g’risida qaror qabul qiladi. Download 63.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling