Mavzu: Davlat soliq organlari xodimlarining huquqlari. Tayyorladi: mss 94-gurux talabasi: Kenjavoyeva sh


Download 95.6 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1628851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mus ishi nnknm

6) soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko’rib chiqish; 7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini soliqlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq undirib olinishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’z vaqtida o’tkazilishi yuzasidan nazorat qilish; 8) soliq tekshiruvini o’tkazishga soliq to’lovchi tomonidan to’sqinlik qilingan yoxud davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq to’lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish ob’ektini saqlash bilan bog’liq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko’rish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno. Soliq to’lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini to’xtatib turish quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin: soliq va (yoki) moliyaviy hisobot uni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o’n besh kun ichida soliq to’lovchi - yuridik shaxs tomonidan taqdim etilmaganda; soliq to’lovchi - yuridik shaxs ko’rsatilgan manzilda bo’lmaganda;

9) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko’rib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo’llash. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo’llaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo’lgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to’lagan hollar bundan mustasno; ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo’llash; 10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari bo’yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o’tkazish. Soliq to’lovchilar - yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o’tkazish sud tartibida amalga oshiriladi; 11) soliq to’lovchilarning g’ayriqonuniy ravishda olgan mablag’larini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda da’volar qo’zg’atish; 12) soliq to’lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko’riladigan choralar to’g’risida talabnoma yuborish;


Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling