Mavzu: Davlat soliq organlari xodimlarining huquqlari. Tayyorladi: mss 94-gurux talabasi: Kenjavoyeva sh


Download 95.6 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1628851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mus ishi nnknm

Davlat Soliq Xizmati organlari xodimlarining huquqlari. Davlat soliq xizmati organlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega : 1) soliq to’lovchilarda (shu jumladan, soliq to’lovchi bilan bog’liq bo’lgan sub’ektlardagi muqobil tekshiruvlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash, fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bog’liq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog’liq hujjatlarning tekshiruvlarini o’tkazish; 2) soliq tekshiruvi o’tkazayotganda: daromadlar olish uchun soliq to’lovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish ob’ektlarini saqlab turish bilan bog’liq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni ko’zdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar hajmining nazorat o’lchovlarini o’tkazish; kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qo’yish; soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash bilan bog’liq hujjatlarni talab qilib olish; hujjatlarni (ko’chirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini) olib qo’yish, bundan soliq to’lovchining faoliyatini to’xtatib qo’yishga sabab bo’ladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno.

Soliq to’lovchining faoliyatini to’xtatib qo’yishga sabab bo’ladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi; soliq to’lovchidan, shuningdek soliq to’lovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish; O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish; 3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar ko’rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka o’z vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish; 4) soliq tekshiruvlari o’tkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish; 5) soliq to’lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo’qotilgan yoki yo’q qilingan taqdirda, byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazilishi lozim bo’lgan soliqlar summasini soliq to’lovchi to’g’risidagi, shuningdek unga o’xshash boshqa soliq to’lovchilar haqidagi o’zlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash;


Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling