13) soliq to’lovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o’n kun ichida yozma ariza bermagan taqdirda, soliqlarning ortiqcha to’langan summalarini boshqa turdagi soliqlar bo’yicha soliq qarzini, penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish to’g’risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish; 14) O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet tilida tuzilgan bo’lsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish; 15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi hisobot davri uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasiga nisbatan 10 foizdan ko’proq kamaytirilgan taqdirda, joriy to’lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash; 17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo’lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o’tkazish, ular bo’yicha jinoyat ishlari qo’zg’atish hamda surishtiruv o’tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko’ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish.
16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo’lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig’imlar, ijara haqi to’liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to’lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo’yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar o’tkazish;
Davlat Soliq Xizmati organlari xodimlarining majburiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |