Mavzu: Davlat soliq organlari xodimlarining huquqlari. Tayyorladi: mss 94-gurux talabasi: Kenjavoyeva sh


) qonun hujjatlariga muvofiq soliq qarzi summasini so’zsiz undirishi


Download 95.6 Kb.
bet7/7
Sana20.06.2023
Hajmi95.6 Kb.
#1628851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mus ishi nnknm

19) qonun hujjatlariga muvofiq soliq qarzi summasini so’zsiz undirishi;

20) undiruvni soliq to’lovchiga uning debitorlaridan o’tkazilishi lozim bo’lgan summaga qaratish

21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qo’yishi, shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalariga ijtimoiy sug’urta badallari to’lovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamg’armalari to’lovchilari bo’lgan sub’ektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq to’lovchining identifikatsiya raqamini (SТIR) berishi hamda bu raqamni statistika va ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qilishi;

22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq to’lovchilar aniqlangan taqdirda, ularga belgilangan tartibda hisobga turish to’g’risida talabnoma taqdim etishi;

23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi o’zgargan taqdirda, mazkur soliq to’lovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;

24) soliq to’lovchining talabi bo’yicha mazkur soliq to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani, shu jumladan o’zgarishlar kiritilgan hisob ma’lumotlari ham ko’rsatilgan holdagi ma’lumotnomani berishi;

25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq to’lovchining talabiga binoan soliq hisobotining ko’chirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq to’lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to’g’risida tasdiqnoma yuborishi;

26) soliq qarzi bo’lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qo’yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxo’ri (merosxo’rlari) to’g’risida axborot olingan paytdan e’tiboran o’ttiz kun ichida merosxo’rga (merosxo’rlarga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.


Download 95.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling