Mavzu: Davlat yer kadastrini to'g'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati Reja
-modda. Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot
Download 70.66 Kb.
|
Davlat yer kadastrini to\'g\'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-modda. Yer kadastri hujjatlari
- 13-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
11-modda. Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot
Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yerlarning miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, yerlarning toifalarga bo‘linishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni o‘z ichiga oladi. Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotga kiritiladigan ma’lumotlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bobiga qarang. 12-modda. Yer kadastri hujjatlari Oldingi tahrirga qarang. Yer kadastri hujjatlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to‘g‘risidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlardan iboratdir. (12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 13-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatiga olish Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan erda amalga oshiriladi. (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olish yig‘imi undiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan taqdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. (13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatiga olinganligi haqida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi, unda ro‘yxatga olish sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi. (13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) Yer uchastkasiga bo‘lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi. (13-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son) Download 70.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling