Mavzu: Davlat yer kadastrini to'g'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati Reja


-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar


Download 70.66 Kb.
bet7/14
Sana15.06.2023
Hajmi70.66 Kb.
#1482978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Davlat yer kadastrini to\'g\'risidagi normative-huquqiy hujjatlar mazmuni va mohiyati

14-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi;
yer uchastkasi to‘g‘risidagi (erning toifasi, foydalanish maqsadi, erning turi, uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari);
yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar to‘g‘risidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari to‘g‘risidagi;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatiga olish sanasi va tartib raqami to‘g‘risidagi.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer kadastri daftariga qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ma’lumotlar yer ro‘yxatiga doir axborotni tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan taqdiqlangan “Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Download 70.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling