Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish:
«O‘zbekistonda biznesni qanday amalga oshirish kerak» mavzuida xalqaro seminarlar va anjumanlar o‘tkazish;
huquqni himoya qilishga oid qonunchilikni, xorijiy investorlar uchun kafolatlar va imtiyozlar berishni takomillashtirish;
mumkin bo‘lgan potensial xorijiy investorlardan yaxshilarini jalb etishga qaratilgan muzokaralar olib borish yo‘li bilan xususiy firmalarni jalb etgan holda sarmoyani joylashtirish;
ochiq-oydinlik asosida va maxsus investitsiya savdolari orqali, shuningdek, boshqa institutlar va mexanizmlar vositasida tenderlar o‘tkazish;
Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari
Mamlakatimizda raqobatbardosh ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tadbirkorlikni va sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning eksport salohiyatini kengaytirish va rag‘batlantirish hamda ichki bozorni sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan soliqqa tortish va bojxona-tarif tizimini tartibga solish samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Masalan, ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 20 foiz bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati 2013-yilning 10-iyunida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 11 million AQSh dollarini tashkil etadi. U soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga, shu jumladan ustav kapitalida (fondida) xorijiy investitsiyaning hajmiga muvofiq keladi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar to‘lashdan 7 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Soliq imtiyozlari 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab berilishini hamda korxona 2013-yilning 10-iyunida ro‘yxatdan o‘tganligini inobatga olib, mazkur korxona 2016-yilning 1-yanvaridan 2020-yilning 1-iyuligacha soliq imtiyozlarini qo‘llash huquqiga ega.

Do'stlaringiz bilan baham: |