Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. Reja: Kirish


Download 62.91 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi62.91 Kb.
#1570421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
artikov s

Shakl bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy (bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit restruktizatsiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa muddat va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi va h.k.
Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan hozirda qo‘llanilib kelayotgan pul-kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat banklarining majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira talablari me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi qo‘llanilish jihatidan sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligi darajasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan O‘zbekistonda eng samarali vosita(instrument) ham aynan shu vositadir (bilvosita instrumentlardan).
Pul-kredit siyosatini moliya siyosati tarkibiga kiritilishi shubhasiz emas, ammo ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga budjet siyosati bilan birgalikda pul-kredit siyosatini kiritilishining to‘g‘riligini jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi. Ma’lubki bu inqiroz faoliyat sohasi pul-kredit operatsiyalari hisoblangan moliya bozorlaridagi inqirozdan boshlangan.
Xalqaro moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Uning asosida xalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro munosabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Alohida davlatlarning xalqaro moliya siyosati, odatda, o‘z mamlakatining ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xomashyo, tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi.
Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi.
Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam, odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi.
Xalqaro moliya takilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsatilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi.
Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasidan turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot jarayonlarida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta‘minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliya taqsimlovchi vazifasini bajaradi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliya rag’batlantiruvchilik vazifasini bajaradi. Birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiradi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste‘mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliya korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’rish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta‘minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliya tizimi o’z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug’urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarning pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini mujassamlashtiradi.
Korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat mohiyati bir-biridan farq qiladi. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug’urta fondlari hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’urtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi.
Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o’tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Davlat byudjetining ikki tomoni bor. Byudjetning bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar, manbalari va uning takibi bo’lsa, ikkinchi tomonida asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o’z ifodasini topadi.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo’g’ini hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to’lovlari hisobiga shakklanadi. Fond mablag’lari mol-mulkiy sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga pul to’lashni ko’zda tutadi. Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo’lib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta‘minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi)ning ahamiyati ortib boradi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatli bo’lishini taqozo qiladi. Lekin ko’pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarning daromadlardan ortiqchaligi ko’zatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ruy beradi. Bu holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o’rin tutadi. Byudjet taqchilligining o’sishi yoki pasayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatn aniq namoyon bo’ladi. O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Ohirgi 6 yil ichida o’rtacha hisobda davlat byudjeti taqchilligi YaIMga nisbatan 0,6% foizni tashkil etdi.
Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog’ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko’rinishdagi davlatning ichki va tashqi qarzlari hisobiga qoplanadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlardan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
O’zbekistonda tashqi qarzni me‘yoriy darajasida ushlab turish borasida qat‘iy choralar-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan tashqi qarz 2017 yilda 17 foizni, eksportning yillik hajmiga nisbatan 44 foizni tashkil etgan bo’lsa. 2008 yilda bu ko’rsatkich 13 foiz va 31 foizni tashkil etdi.
Davlat o’z majburiyatlari bo’yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini beradigan eng ishonchli, to’lovga qodir hamkorlar qatoridan bo’lishi maqsadida banklarni likvidligini ta‘minlab boradi. Bu borada davlat o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o’rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtirib, ancha yuqori foiz bo’yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin.
Xullas, moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi:
1. Iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlaydi.
2. Taqsimlovchi vazifani bajaradi. Bunda moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Bundan milliy daromadning bir qismi korxona va aholi daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to’lovlari, aktsiz yig’imlari kabilar orqali davlat qo’lida to’planadi. Milliy daromadni qatta qismini davlat moliya vositasida aholining ijtimoiy madaniy ehtiyojlariga (uy-joy qurilishi, tibbiyot xizmati, maorif, nafaqa, stipendiyalar to’lashga, milliy mudofaaga, atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflaydi).
3. Rag’batlantiruvchilik vazifasi – bunda, birinchidan, yaratilagn mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish vositasi sifatida foydalaniladi.
4. Nazorat vazifasi – bunda korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta‘minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.


Download 62.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling