Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. Reja: Kirish
Download 62.91 Kb.
|
artikov s
2 Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari
Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: 1. Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash). 2. Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalari. 3. Moliyani boshqarish. Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash) - moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar, me’yorlar tuzishni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalariga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to‘lovlar, ajratmalar, qo‘llaniladigan imtiyozlar, jazolar (sanksiyalar), jarimalar kiradi. Moliyani boshqarish - subyektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat. Ayrim iqtisodchilar, yuqoridagilarni inkor etmagan holda, moliyaviy munosabatlarning ko‘p qirraligi, soha va bo‘g‘inlardan iboratligini hisobga olib moliya mexanizmini quyidagi sohalar va bo‘g‘inlarga ajratib ko‘rsatiladilar. O‘z navbatida bu har bir soha alohida tarkibiy bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, davlat moliyasi mexanizmi budjet mexanizmi va budjetdan tashqari fondlar amal qilish mexanizmlariga bo‘linadi. Hududiy bo‘linishidan kelib chiqib umumdavlat moliya mexanizmi va mahalliy moliya mexanizmlariga ajratish mumkin. Moliyaviy mexanizmni ijtimoiy takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaralganda uning funksional bo‘g‘inlari hosil bo‘ladi, ya’ni mablag‘larni jamlash, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va b. Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari. Moliya mexanizmining soha va bo‘g‘inlari bir-birlari bilan murakkabligi va boshqa jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Masalan, budjet mexanizmi: - soliq turlarining ko‘pligi; - ularni undirish usullarining turli-tumanligi; - moliyalashtirish usullarining turlichaligi; - byujet mablag‘laridan foydalanishning ko‘p o‘nalishliligi bilan xarakterlanadi. Korxona moliya mexanizmi orqali esa, - korxona pul jamg‘armalari shakllari belgilanadi; - foyda va daromadlar taqsimlanadi; - moliyaviy resurslar taqsimlanadi; - turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalanish ta’minlanadi. Moliya mexanizmining elementlari tarkibida fondlar va to‘lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishiga qarab tez-tez o‘zgarib to‘g‘rilanib turiladi. Masalan, pul mablag‘lari fondlarining shakllari o‘zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari bir necha bor o‘zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy to‘lovlar usuli; soliq turlari o‘zgarmagani holda, ularning stavkalari, ular bo‘yicha imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari iqtisodiy talablari bozor talablariga ko‘ra tez-tez qayta qurilib, o‘zgarib turadi. O‘zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib kelgan oborot solig‘i o‘rniga joriy qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning stavkasi dastlab 30% miqdorida, keyinchalik 25, 20, 18, 17 % miqdorlarigacha tushirildi. Hozirgi kunda esa, 20 % lik miqdor qo‘llanilmoqda. Moliyaviy mexanizmni shakllantirish bilan davlat uni u yoki bu davr moliya siyosati talablari bilan iloji boricha to‘la mos kelishiga intiladi. Bu esa davlatning maqsad va vazifalarini to‘laqonli bajarilishining garovi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta‘minlashda banklar muhim rol o’ynaydi. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasalardir. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga Markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. Davlat banki – mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o’rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg’arma muassasalaridan mablag’larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra Markaziy bank “baklar banki” deyiladi. Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga ijtimoiy faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga qo’maklashadi. Markaziy bank ko’plab xilma-xil vazifalarni bajaradi: 1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash; 2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta‘minlash va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish; 3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish; 4) barcha banklar faoliyatini uyg’unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish; 5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlash; 6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valyutani muomalaga chiqarish. Xulosa. Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi: bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkretlashtirish; yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish; qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik printsip-larining majmuiga (yig’indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funktsiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo’jalik taraqqiyotida davlatning roli to’g’risidagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funktsiyalari ham o’zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funktsiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funktsiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo’jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi. Download 62.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling