Mavzu: Davlatning moliyaviy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari. Reja: Kirish


Download 62.91 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi62.91 Kb.
#1570421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
artikov s

Kurs ishining maqsadi: Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv baholash mumkin.
Kurs ishining vazifasi: Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish lozim.

O’zbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari.
1 Moliya siyosatining bo‘g‘inlari.

Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki parametrlari bilan aniqlanadi.


Budjet va pul-kredit siyosati. Odatda, moliya siyosati tarkibida ma’lum darajadagi mustaqil budjet va pul-kredit siyosati ajratib ko‘rsatiladi.
Budjet siyosati deganda davlat tomonidan quyidagilarni belgilash tushuniladi:

  • davlat budjeti daromadlarini shakllantirish manbalarini;

  • budjet xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlarini;

  • budjetning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan balanslashmaslik chegaralarini;

  • budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini;

  • budjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tamoyillarini.

O‘z navbatida, budjet siyosati tarkibida soliq siyosati, investitsion siyosat, davlat qarzini boshqarish siyosati, budjet yaxlitligi siyosatlari nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Soliq siyosati soliqlarning tarkibini, ularning stavkalarini hajmlarini, har bir soliq turi bo‘yicha imtiyozlar va jazolarni belgilaydi. Bir vaqtning o‘zida soliq tizimini to‘laligicha, shuningdek alohida soliqlarning tartibga soluvchi yoki rag‘batlantiruvchi choralari o‘rnatiladi.
Pul-kredit siyosati deganda emissiyani boshqarish, inflyatsiyani va milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi.
Pul-kredit siyosati tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investitsion siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, budjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda asosiy vositalarni o‘stirish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi tushuniladi. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi pul-kredit siyosati deyiladi
Mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin.

Download 62.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling