Mavzu: davriy sistema 5a guruxidagi (p-fosfor,n-azot) xossalari va ishlatilishini o’rganish
Download 95.75 Kb.
|
slayd4
MAVZU:DAVRIY SISTEMA 5A GURUXIDAGI (p-FOSFOR,N-AZOT) XOSSALARI VA ISHLATILISHINI O’RGANISH.Fosfor (yunoncha: phosphoros — yorugʻlik tashuvchi, phos — yorugʻlik va phoro — tashiyman, lotincha: Phosphorus), P — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376. Fosforning 1 ta izotopi — 31P bor. 6 ta sunʼiy radioaktiv izotopi: 2SP, 29P. 30P, 32P, 33P, 34P olingan. Uning 32R (T1/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qoʻllanadi.
Fosfor Yer poʻstining massa jihatdan 8102 % ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl oʻzgarishi: oq, qizil va qora fosfor maʼlum. Oq fosfor P4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 44°, zichligi 1,83 g/sm3, qaynash temperaturasi 281°; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq fosfor kimyoviy reaksiyalarga yaxshi kirishadi. 50° da havoda oʻzoʻzidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni oʻldiradi. Oq fosfor suvda saklanadi. U berk idishda 260° gacha qizdirilganda qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor (qora fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi 590°, zichligi 2,3 g/sm3, Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bugʻlanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260° da alangalanadi, zaharli emas.
Download 95.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling