Mavzu: davriy sistemaning vi–a guruh elementlari. Ma’ruza rejasi


Download 253.37 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi253.37 Kb.
#1381191
1   2   3
Bog'liq
Do\'sboyev Fathullo

Kislorod

Davriy sistemaning oltinchi gruppasidagi birinchi element. U tipik metalloiddir. Kislorod hissasiga yer po’stlog’i, shu jumladan, atmosfera massasining 50%ga yaqini to’g’ri keladi. Erkin holatdagi kislorod havoda bo’ladi. Ammo kislorodning asosiy massasi suv, tog' jinslari, minerallar, o’simlik va hayvonot organizmlari tarkibiga kiradi.

Sanoatda kislorod suyuq havodan ajratib olinadi. Juda toza kislorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Laboratoriyada kislorod bertole tuzini yoki kaly permanganatni qizdirish yo’li bilan olinishi mumkin: suyuq havoni rektifikatsiyalash. Oldin azot uchadi, chunki uning tqayn = – 195,8 °S; laboratoriyada: oksidlar va kislorodli kislotalar tuzlarining ichki molekulyar oksidlanish-qaytarilish yoki peroksidlarning disproporsiyalanish reaksiyalari:

2BaO2 2BaO + O2,

2H2O2 2H2O + O2,

2KMnO4 K2MnO4 + MnO2 + O2,

2KClO3 2KCl + 3O2.

Ozon.

 

Kislorodning allotropik shakl o'zgarishi O3 dir. Ozon molekulasi kislorodning uch atomidan iborat bo'lgan gazsimon moddadir. Juda oz miqdordagi ozon havoda ham bo'ladi. U momaqaldiroq vaqtida hosil bo'ladi, ozon kislorodga ohista elektr razryadi ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi:

3O2 = 2O3 – 69 kkal (ya’ni -289,2 kj)

Ozon o’ziga xos hidli, och havorang moddadir. Suvda kisloroddan ko’ra ancha yaxshi eriydi; odatdagi temperaturada 100 hajm suvda 45 hajm chamasi ozon eriydi. Toza ozon oson portlaydi. Ozonga xos kimyoviy xususiyat kuchli oksidlash xususiyati bo’lib, uning bu xususiyati kislorodnikiga qaraganda ancha kuchli. Buning sababi shuki, ozon oson parchalanib undan kimyoviy aktivligi yuqori bo’lgan atom holidagi kislorod ajralib chiqadi:

O3 = O2 + O

Kislorod hatto yuqori temperaturalarda ham kumush bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ozon esa kumushni oson oksidlab, kumush peroksidga aylantiradi:

2Ag + 2O3 = Ag2O2 + 2O2

Oltingugurt

Yer po'stlog'ida 5·10–2 % ni tashkil etadi. S tabiatda erkin holatda ham, xilma-xil birikmalar tarkibiga kirgan holda ham uchraydi. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlar, masalan, FeS2-temir kolchedani, boshqacha aytganda, S kolchedani ZnS-aldama rux, PbS-qo'rg'oshin yaltirog’i, Cu2S-mis yaltirog'idir. Tabiatda gips CaSO4·2H2O, angidrid CaSO4, og'ir shpat BaSO4 minerallari juda ko’p tarqalgan.


Download 253.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling