Mavzu: Dexkonchilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish


Download 0.7 Mb.
bet5/7
Sana18.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1783612
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mustaqil ish

Dehqonchilik tarmogʼining muhim xususiyati shundaki, koʼpgina ekinlarni yetishtirish boʼyicha ishlab chiqarish jarayoni kalendar yil bilan cheklanmaydi. Shuning uchun dehqonchilikdagi barcha xarajatlar hisobda joriy yil hosili uchun oldingi yillarda qilingan, shu yilda joriy yil hosili uchun qilingan va kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarga boʼlinadi. Аslini olganda xarajatlarning birinchi ikki guruhi kalendar yil boshlanishi bilan birlashadi, yaʼni oldingi yillar xarajatlari joriy yil mahsuloti xarajatlarining tegishli analitik schyotiga yoziladi.

Kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar alohida analitik schyotlarda ish turlari boʼyicha hisobga olinadi, chunki ularni ishlab chiqarish vaqtida ular qaysi ekinni oʼstirishga taalluqliligi koʼpincha nomaʼlum boʼladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish boʼyicha barcha xarajatlar birinchi yilda joriy yil hosiliga qilingan xarajatlar moddalari boʼyicha hisobga olinadi. Аgarda tugallanmagan ishlab chiqarish bir qismi joriy yildagi ekinlar hosiliga qilingan xarajatlar qisman(boʼlaklab) qoʼshiladigan boʼlsa va shunga koʼra bir necha yil davomida hisobga olinadigan boʼlsa, masalan, koʼp yillik oʼtlar, undan keyingi yillarda bunday xarajatlar mufassallashtirilmasdan, yaʼni bir butun modda boʼyicha hisobga olinadi.

Dehqonchilikda foydalaniladigan, taqsimlanishi lozim boʼlgan asosiy vositalarning joriy taʼmirlash xarajatlari ham xuddi shu nomdagi alohida analitik schyotda hisobga olinadi. Аmortizatsiyadan farq qilib, joriy taʼmirlash xarajatlari kompleks xarajatlar hisoblanadi va koʼpgina turli muayyan xarajatlarni: mehnatga haq toʼlash, materiallar sarfi va shu kabilarni oʼz ichiga qamrab oladi. Bu xarajatlarning barchasi dastlab 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida toʼplanadi va taʼmirlash ishlarining tugʼallanishiga qarab, mazkur analitik schyotga oʼsimlikchilikda ishlatilayotgan asosiy vositalar boʼyicha bir butun modda bilan olib boriladi. Mazkur analitik schyotda joriy taʼmirlash hisobi ham, amortizatsiya hisobi kabi xarajatlar ayrim taqsimlanadigan asosiy vositalar guruhlari boʼyicha yuritiladi. Yil oxirida shartli etalon gektar asosida ekin turlari boʼyicha taqsimlanadi. Yilning oxirida mazkur analitik schyotga taʼmirlash obʼektlariga qoʼshimcha tarzda taʼmirlash ustaxonasi sex xarajatlarining korrektirovka qilish summasi ham yozilishi mumkin. Аna shundan soʼng joriy taʼmirlash xarajatlari summasi ekinlar, ularning turlari va ishlar boʼyicha xarajatlarni hisobga olish obʼektlariga xuddi oldingi analitik schyot boʼyicha amortizatsiya summalari taqsimlangan tartibda taqsimlanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling