Yil oxirida bu analitik schyotda hisobga olingan xarajatlar ekinlar va ish turlari (sugʼoriladigan va shartli sugʼoriladigan ishlarga taalluqlidir) boʼyicha xarajatlarni hisobga olish obʼektlariga taqsimlanadi. Taqsimlash sugʼoriladigan gektarlarga mutanosib, yaʼni har bir obʼekt boʼyicha sugʼorish maydoni (gektarlarda)ni mazkur obʼekt boʼyicha sugʼorishlar soniga koʼpaytirilgani boʼyicha qilinadi. Bu oʼrinda – bir sugʼoriladigan gektarga taqsimlanadigan xarajat hajmi aniqlanadi (sugʼoriladigan gektarlarning umumiy miqdoriga boʼlingan xarajatlar), soʼngra bu xarajatlar xarajatlarning har bir obʼekti boʼyicha sugʼoriladigan gektarlar miqdoriga koʼpaytiriladi. Xarajatlar taqsimoti moddama-modda ekin va ish turlari boʼyicha (mehnatga haq toʼlash, yonilgʼi va yogʼ-moy materiallari va shu kabilar) xarajatlar hisobi obʼektlarining tegishli moddalariga kiritib amalga oshiriladi. Аyrim yillarda ob-havo sharoitlariga koʼra sugʼorish oʼtkazilmasligi mumkin. Bunday hollarda «Taqsimlanishi lozim boʼlgan sugʼorish xarajatlari» schyotida hisobga olingan sugʼorish tarmogʼiga qarab turish xarajatlari ekinlar va ish turlari boʼyicha xarajatlar hisobi obʼektlariga sugʼoriladigan yerlardagi ekin maydonlariga mutanosib yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |