Mavzu: Diagnostikaning umumiy jarayonlari va texnik diagnostika vositalariga qo'yilgan talablar. Avtotransport vositalari harakat xavfsizligini ta'minlovchi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Tormoz boshqaruvi texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari va nazorat uslublari Тoshkenт avтomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi insтiтuтi “Avtomobil transporti ekspluatatsiyasi” kafedrasi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston davlat standartlari (O‘zDSt 1057:2004 va O‘zDSt 1058:2004) bilan belgilanadi. Tormoz tizimi bo‘yicha vujudga keladigan nosozliklar asosan diagnostikalash orqali aniqlanadi. Tormoz tizimini diagnostikalash jarayoni ekspluatatsiya sharoitlari va xarakterli nosozliklar ro‘yxati asosida diagnoz oshiriladi, unga tegishli ravishda diagnostik parametrlar tanlanadi, me’yoriy ko‘rsatkichlar aniqlanadi, diagnostikalash texnologiyasi ishlab chiqiladi. Diagnostik parametrlar tormoz tizimining nosozliklari ro‘yxati asosida tuzilgan tuzilmaviy-sababiy shakllarni tahlil qilish bilan aniqlanadi. Diagnostik- me’yoriy ko‘rsatkichlar esa, ekspluatatsiya sharoitlaridan qa’ti nazar, tormoz tizimining buzilmasdan ishlashi, berilgan tormozlanish yo‘li va transport vositasi sekinlashishini ta’minlashi kerak. Transport vositalarining tormoz tizimiga quyidagi asosiy ekspluatatsion talablar qo‘yiladi: – berilgan tezlikdagi eng qisqa tormozlanish yo‘li; – tormozning hamma g‘ildiraklarda bir vaqtda ishlashi; δ η 1 2 3 15.1-rasm. Transport vositasining tormozlanishdagi turg‘unlik sxemasi: 1-transport vositasining dastlabki holati; 2-atransport vositasi me’yoriy yo‘lakdan tashqariga chiqmadi; 3-transport vositasi me’yoriy yo‘lakdan δ miqdorida tashqariga chiqdi 13 – tormoz tizimi yuritmasining qisqa vaqtda ishga tushishi; – chap va o‘ng g‘ildiraklardagi tormoz kuchlarining tengligi. Nosozliklarning kelib chiqishi va tuzilmaviy parametr ko‘rsatkichlariga asoslangan holda tormoz tizimining diagnostik parametrlarini ikki turga bo‘lish mumkin: umumiy va elementar diagnostik parametrlar. Umumiy diagnostik parametrlarga transport vositasining tormozlanish yo‘li va sekinlashishi, tormoz kuchlari va ularning g‘ildiraklardagi qiymatlari farqi kiradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling