6.6 Shina, g‘ildiraklarni diagnostikalash
Transport vositasining harakat xavfsizligiga shina va g‘ildiraklarning ta’siri
katta. Shinadagi bosimning miqdori me’yoriy miqdorlardan kam bo‘lmasligi va
oshib ham ketmasligi shart. Shina protektorining
qoldiq balandliklari
quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: yengil avtomobillarda – 1,6 mm; yuk
avtomobillarda – 1,0 mm; avtobuslarda – 2,0 mm. Yirtilgan, kordlari chiqib qolgan
va protektorlari qatlamlarga ajralgan shinalarni ekspluatatsiya qilish hamda
transport vositasining bir o‘qiga (ko‘prigiga) har xil turdagi shinalarni qo‘yish
qat’iyan man etiladi.
Shina murakkab texnologik buyum bo‘lib, ko‘p sonli va har xil sifatli rezina
aralashmasidan, po‘lat, tekstil, sintetik materiallardan iborat.
Buning natijasida
disbalans – massaning bir maromda taqsimlanmasligi oqibatida nomuvozanatlik
vujudga keladi.
G‘ildirak aylanganida o‘zgaruvchan, markazdan
qochirma kuch hamda
o‘qda o‘zgaruvchan aylantirish momenti hosil bo‘ladi, g‘ildirak, rul boshqaruvi va
osma elementlarining tebranishiga olib keladi. Harakat xavfsizligi pasayadi,
qulaylik
yomonlashadi, osma va shina elementlarining barvaqt buzilishi ro‘y
beradi.
Shinalarning yeyilishiga g‘ildiraklarning muvozanatlanmaganligi ham ta’sir
etadi. Agar g‘ildirakning muvozanatlanmaganligi (disbalansi) ruxsat etilgan
chegaradan
oshib ketsa, shinalar yeyilishi diagnosti chetki yo‘lkalarida aylana
bo‘yicha bir me’yorda joylashgan ayrim dog‘lar shaklida namoyon bo‘ladi va faqat
muvozanatlanmagan g‘ildirak bilan uzoq yurilganda markaziy yo‘lka ham yeyiladi.
Bunga o‘xshash yeyilish g‘ildirakning yuqori
yon urishida vujudga keladi,
masalan, diskning egilgan holatida. Oldingi g‘ildiraklarning aylanmasdan siljishi
bilan birga
kechadigan tormozlanishlari, aylana bo‘yicha bir me’yorda
joylashmagan, shina protektorining butun eni bo‘yicha ayrim dog‘lar shaklidagi
yeyilishga olib keladi. Bunday yeyilish g‘ildirak
disbalansini va keyinchalik
shinaning jadal yeyilishini vujudga keltiradi.
Nazorat savollari:
1. Tormoz xususiyatining diagnostikalash vositalari qanday turlarga
bo‘linadi?
2. Umumiy diagnostikalashda tormoz xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan
qaysilari aniqlanadi?