Mavzu: Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot


Download 180.69 Kb.
bet13/14
Sana03.02.2023
Hajmi180.69 Kb.
#1154663
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Dialektika-rivojlanish haqidagi ta’limot-fayllar.org

a) «fojeiy dialektika». Uning muallifi fransuz faylasufi Raymon Aron (1905-1983) hozirgi zamon dialektikasini tahlil qilibhozirgi davrda jamiyat taraqqiyotdan insoniyat manfaatlarida foydalanishga qodir emas, degan xulosaga keladi;

b) «dialektik teologiya» yoki «inqiroz teologiyasi». (shveytsariyalik protestant teologi va faylasufi Karl Bart 1886-1968 va nemis-amerika xristian teologi Maul Tillix 1886-1965) kreatsionistik ta'limot bo‘lib, dunyoning rivojlanishi zamirida bu dunyoni qandaydir g‘ayritabiiy qurilish materiali – materiyadan yaratgan ilohiy substansiya yotadi, degan g‘oyaga asoslanadi. Shu sababli dunyo «Xudo kabi boqiy» emas, uning boshi va oxiri bor. Ammo bu yaratilgan dunyo Xudo bilan biron-bir umumiy jihatga ega emas, degan ma'noni anglatmaydi. Ularning o‘rtasida muayyan o‘xshashlik mavjud bo‘lib, u pirovard, yaratilgan narsalarning rivojlanish yo‘llarini tushunib yetish imkonini beradi;

v) «salbiy dialektika». Teodor Adorno 1903-1969 – nemis faylasufi, sotsiologi, Frankfurt maktabining vakili, ko‘p sonli falsafiy asarlar, shu jumladan «Salbiy dialektika» (1966) kitobining muallifi. Jan Pol Sartr 1905-1980 - fransuz faylasufi va yozuvchisi, ateistik ekzistensializm vakili. U falsafa muammolariga bag‘ishlangan bir qancha asarlar, shu jumladan «Dialektik aql tanqidi» (1960) kitobining muallifi. Sartr talqinida dialektika ikki – «tanqidiy» va «dogmatik» shakllarda mavjud bo‘lishi mumkin. Birinchisi «salbiy dialektika»dir.

Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. 

Falsafiy ma'noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyilla.


Download 180.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling