Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari


Download 1.63 Mb.
bet16/25
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1469492
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Kurs Ishi (1)

4 – Rasm. Kolorimetrning optik sxemasi.
Yoritish lampasining 1 – yorug`lik chiqarayotgan simining tasviri 2 - kondensor linza yordamida 3 - tirqish tekisligiga tushiriladi.
Tirqish aylana shaklida bo`lib, uning diametri 2 mm ga teng. Bu tasvir 4,5 obyektivlar yordamida undan 300 mm uzoqdagi tekislikka 10x marta kattalashtirib tushiriladi. Yorug`likning yo`liga 9,11 himoya qiluvchi shishalar orasidagi joyga eritma solingan 10 kyuveta o‘matiladi. Lampa uzluksiz spektrining tor qismlarini ajratish uchun kolorimetrda 8 yorug`lik filtrlari o‘matilgan. 6 yorug`lik filtri namunani issiqlikdan himoyalaydi, u spektrning ko‘zga ko‘rinuvchi qismi (400- 490 nm) eritmadan o‘tayotganda nur yo`liga o‘rnatiladi. To`lqin uzunligi 400-540 nm bo`lgan spektr sohasi ishlatilganda, yorug`lik oqimini susaytirish uchun 7 neytral yorug`lik filtrlaridan foydalaniladi.Yorug`lik oqimini 14 plastinka ikkiga bo`ladi, uning 10 foizi FD- 24K fotodiodga, qolgan 90 foizi esa F-26 fotoelementga yo‘naltiriladi. Har xil rangli yorug`lik filtrlari bilan ishlagan vaqtda fotodioddan olinadigan fototoklarni tenglashtirish uchun ularning oldiga SZS-16 rangli shishadan tayyorlangan 13 yorug`lik filtri o‘rnatiladi.
Kolorimetr tarkibiy qismlarining tuzilishi va ishlashi. Kolorimetr yoritish lampasi, gardishga o‘rnatilgan yorug`likni to‘plovchi, buruvchi va yutuvchi optik elementlar, yorug`lik filtrlari, o‘zgarmas tokni kuchaytiruvchi va sozlaydigan elementlarni o‘z ichiga olgan fotometrik qurilma, qayd qiluvchi galvanometr va yoritish lampasi hamda boshqa elektr energiyasi iste’mol qiladigan qismlami energiya bilan ta’minlovchi energiya blokidan tuzilgan.
Yorug‘lik manbai. Yoritgich mexanizmining tuzilishi lampani to‘g‘ri o‘matish uchun o‘zaro perpendikulyar bo`lgan uch yo‘nalish bo‘yicha siljitishga imkon beradi.Yorug‘lik filtrlari.
Yorug`lik filtrlari aylana shaklida bo`lib, diskka o‘rnatilgan. Yorug`lik filtrlari yorug`likning yoliga 3 dasta yordamida kiritiladi. (5-rasm)


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling