Mavzu: Differentsial, Differensiallanuvchi funksiyaning uzluksizligi. Differensialning geometric va mexanik ma`nosi Reja: Kirish: Asosiy qism


- Funksiyaning yuqori tartibli differensiallari


Download 293.5 Kb.
bet9/10
Sana30.04.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1411797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Nazarbek aka 1-20 Kurs ishi Matanaliz

5- Funksiyaning yuqori tartibli differensiallari
1. Yuqori tartibli differensiallar.
Faraz qilaylik y=f(x) funksiya biror (a,b) intervalda berilgan bo‘lsin. Bu funksiyaning dy=f’(x)dx differensiali x ga bog‘liq bo‘lib, dx=x va x orttirma x ga bog‘liq emas, chunki x nuqtadagi orttirmani x ga bog‘liq bo‘lmagan holda ixtiyoriy tanlash mumkin. Bu holda differensial formulasidagi dx ko‘paytuvchi o‘zgarmas bo‘ladi va f’(x)dx ifoda faqat x ga bog‘liq bog‘liq bo‘lib, uni x bo‘yicha differensiallash mumkin.
Demak, bu funksiyaning differensiali mavjud bo‘lishi mumkin va u, agar mavjud bo‘lsa, funksiyaning ikkinchi tartibli differensiali deb ataladi.
Ikkinchi tartibli differensial d2y yoki d2f(x) kabi belgilanadi. Shunday qilib, ikkinchi tartibli differensial quyidagicha aniqlanar ekan: d2y=d(dy).
Berilgan y=f(x) funksiyaning ikkinchi tartibli differensiali ifodasini topish uchun dy=f’(x)dx formulada dx ko‘paytuvchi o‘zgarmas deb qaraymiz. U holda
d2y=d(dy)=d(f’(x)dx)=d(f’(x))dx=(f’’(x)dx)dx=f’’(x)(dx)2
bo‘ladi. Biz kelgusida dx ning darajalarini havssiz yozishga kelishib olamiz. Bu kelishuvni e’tiborga olsak, (dx)2=dx2 bo‘ladi va ikkinchi tartibli differensial uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz:
d2y=f’’(x)dx2 (5.1)
Shunga o‘xshash, uchinchi tartibli differensialni ta’riflash va uning uchun ifodasini keltirib chiqarish mumkin: d3y=d(d2y)=d(f’’(x)dx2)=f’’’(x)dx3.
Umumiy holda funksiyaning (n-1)-tartibli differensiali dn-1y dan olingan differensial funksiyaning n-tartibli differensiali deyiladi va dny kabi belgilanadi, ya’ni dny=d(dn-1y). Bu holda ham funksiyaning n-tartibli differensiali uning n-tartibli hosilasi orqali quyidagi
dny=f(n)(x)dxn (5.2)
ko‘rinishda ifodalanishini isbotlash mumkin.
Yuqoridagi formuladan funksiyaning n-tartibli hosilasi uning n-tartibli differensiali va erkli o‘zgaruvchi differensialining n-darajasi nisbatiga teng ekanligi kelib chiqadi:
f(n)(x)= dny/ dxn.
2. Murakkab funksiyaning yuqori tartibli differensiallari.
Endi x argument biror t o‘zgaruvchining funksiyasi x=(t) bo‘lgan hol uchun yuqori tartibli differensiallarni hisoblash formulalarini keltirib chiqaramiz.
Bu holda dx=’(t)dt bo‘lganligi sababli, dx ni x ga bog‘liq emas deb bo‘lmaydi. Shu sababli ta’rif bo‘yicha (d2y=d(f’(x)dx)) hisoblaganda, d2y ni ikkita f’(x) va dx funksiyalar ko‘paytmasining differensiali deb qaraymiz.
Natijada
d2y=d(f’(x)dx)=d(f’(x))dx+f’(x)d2x=(f’’(x)dx)dx+f’(x)d2x=f’’(x)dx2+f’(x)d2x,
ya’ni
d2y= f’’(x)dx2+f’(x)d2x (5.3)
formulaga ega bo‘lamiz.
Endi ikkinchi tartibli differensial uchun hosil qilingan (5.1) formula (5.3) formulaning xususiy holi ekanligini ko‘rsatish qiyin emas.
Haqiqatan ham, agar x erkli o‘zgaruvchi bo‘lsa, u holda d2x=x’’dx2=0dx2=0 bo‘lib, (5.3) formuladagi ikkinchi qo‘shiluvchi qatnashmaydi.
Uchinchi tartibli differensial uchun quyidagi
d3y=f’’’(x)dx3+3f’’(x)dxd2x+f’(x)d3x (5.4)
formula o‘rinli ekanligini isbotlashni o‘quvchilarga taklif qilamiz.
Ikkinchi va uchinchi tartibli differensiallar uchun olingan formulalardan murakkab funksiyaning yuqori tartibli differensiallarini hisoblashda differensial formasining invariantligi buziladi. Boshqacha aytganda, ikkinchi va undan yuqori tartibli differensial formulalari ko‘rinishi x argument erkli o‘zgaruvchi yoki boshqa o‘zgaruvchining differensiallanuvchi funksiyasi bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa.
Differensial geometriya kursida chiziqlar va sirtlarning lokal xossalari differensiallanuvchi funksiyalar yordamida o’rganiladi. O’z navbatida funksiyalarning sath sirtlari va gradiyent chiziqlari sirtlar geometriyasinio’rganishda muhim rol o’ynaydi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi differensiallanuvchi funksiyalarning gradiyent chiziqlarining xossalarini o’rganishga bag’ishlangan. Undafunksiyadifferensiallanuvchi funksiyalar sath sirtlari va gradiyent chiziqlari orasidagi bog’lanish, ixtiyoriy metrikfunksiyaning gradiyent chiziqlarining egriligi nolga teng bo’lishi va boshqa xossalario’rganilgan, hamda misollar orqali batafsil yoritilgan.
Chiziqli differensial tenglamalarni o’rganish muhim hisoblanadi. Chunki ko’plab differensial tenglamalarni yechish aynan chiziqli differensial tenglamalarni yechishga keltiradi. Misol uchun bunday differensial tenglamalarga misol qilib Bernulli va Rikkati tenglamalarini yoki differensial tenglamalar sistemasini Dalanber usulida yechish va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Koshi masalasi bu differensial tenglama umumiy yechimining x=x0 da y=y0 boshlang’ich shartlarni qanoatlantiruvchi yechimini toppish ekan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak qaralayotgan sohada berilgan differensial tenglamamiz yechimga egami yoki yo‘qmi va agar yechim mavjud bo‘lsa, yagonami ya’ni differensial tenglama y(x0)=y0 shartni qanoatlantiradimi degan savollarga javob beradigan teoremalar mavjudlik va yagonalik teoremalari deb yuritilar ekan.



Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling