Mavzu: dilmurod quronovning ''mutoala va idrok mashqlariʼʼ kitobini tahlil qilish kirish L. Bob. Adabiy tanqidchilik


Download 72.8 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi72.8 Kb.
#1579831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILMUROD QURONOVNING MUTOALA VA IDROK MASHQLARI KITOBINI TAHLIL QILISH

1.2. Adabiy tanqid taraqqiyoti.
XX asr avvalida adabiy tanqid vujudga kelishi va shakllanishi jarayonidabir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki tamoyil ko‘zga tashlanadi: 1. Badiiy adabiyot mohiyatini to‘g‘ri anglash yo ‘lidagi xolts izlanishlar. Bu silsilaga Fitrat, Cho'lpon, SAyniy, V.Mahmud L.Olimiy,Olim Sharafiddinov, O.Hoshim kabi tanqidchi va adabiyoshunoslar hamda ular qatorida endigina tanqidchilik faoliyatim boshlagan Ovbek, H.Yoqubov, Sh.Sulaymon izlanishlari kiradi.
2. Vulgar sottsiologizm asosidagi ochishlar: Bu guruhga mansubtanqidchi va adabiyotshunoslar madaniy merosga nigilistik munosabatda bo‘lib, talqin uchun faqat ijtimoiyotni asos qilib oldilar.Zmonaviy adabiy jarayon va asarlar haqida fikr yuritganda, hukmron maikuraga tayanib, sinfiylik va dunyoqarash masalasim badny ijodmngbosh mezonlari sifatida noto‘g‘ri tushundilar. Masalan, tanqidchi S.Husayn o‘zbek adabiyotining yosh xodimlarini tarbiyalashda, iste -dodlami adabiyotga olib kinshda yaxshi tashabbus ko‘rsatdi. AmmoA.Qodiriy ijodini vulgar sotsiologizm nuqtayi nazaridan biryoqlamava xato tahlil qildi. Bunday nuqsonlar Miyon Buzruk Sohhov, ZiyoSaid, Umaijon Ismoilov, Yunus Latif, J.BoyboMatov kabi tanqidchilarijodida ko‘p ko‘zga tashlandi.0 ‘z davrining ziyoli kishilaridan biri, shoir. nosir, pedagog hlbek tanqidchilik sohasida ham samarali qalam tcbratdi. Uning tanqidhaqidagi qator fikrlari V.Belinskiydan ko‘p narsam o'rgangamni ko‘rsatib turadi. U tanqid deganda, yaratilgan asarlardagi yutuq va kamchiliklami shaxsiy g‘araz yoki maqtovlarsiz, xolislik bilan aytilishi, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilishni nazarda tutadi. «Tanqid demak. birishda yo bir narsada bo‘laturg‘on kamchiliklami shul ishning ishlovchilariga ko‘rsatib, tuzatdiruv va to'ldiruv uchun aytiladurg on so`z demakdur»1,Ne’mat Hakim esa tanqidning: fanniy (ilmiy), satink, adabiybadiiy kabi turlari haqida gapirarkan, ilk bor uning ichki tasmfimamalga oshirishga harakat qiladi va ularning har binga xos farqli 'xususiyatlarini tushuntiradi, shu tariqa adabiy tanqid xususidagi tushunchalarmkengaytiradi.U tanqidchilar orasida A.Sa’diy faoliyatini ma qullaydi. Qator vulgar sotsiologik xatolai a y o ‘l qo‘ygan bo‘lsa-U chindan ham jiddiy masalalar haqida birinchilardan bo`lib filer yuntadi.XX asr boshi adabiy tanqidchiligida: a) tanqidchining yozuvchi ijodi haqidagi kuzatishlari; b) yozuvchining badiiy asarlarga bahosiy yozuvchi tanqidi; d)tanqidchining tanqidchilar maqolalariga munosabati singan uch yo'nalish ko'zga tashlanadi. Har uchala yo'nalishdagi tanqidiy ishlar orasida ilmiy xolis mulohazalar qatorida ba’zan ur-kaltakchilik dalillar noprofcssional noxolis, ba’zida mafkura domiga atamom sh o ‘n g ‘ib ketganmu ohazalar ham uchraydiki, bunday hoi adabiy tanqidning tug‘ilishi shakllamshi va qarortopishi birtekisemas, og‘ir, murakkab, izlanishli’topish va yo‘qotishli mashaqqatli yoldan borganligini ko‘rsatadi! Lekin, eng asosiysi, xolis va adabiyotning mohiyatidan kelib chiqib aytilgan fikrlar, mulohazalar, shu yo'nalishdagi maqolalar tanqidchilikning kelajagi uchun asos bo‘ldi. O‘tgan asming 20-yiIIaridan e ’tiboran adabiyot va adabiy tanqidning keskin sinfiy kurash sharoitida rivojlanishi — ularning muhim xususiyatidir.
Bunga Cho`lpon asarian yuzasidan olib borilgan jiddiy munozaralarni ko'rsatishning o'zi kifoya. Cho`lpon ijodi yuzasidanadabiy jarayondagi munozaralarda asosan ikki y o ‘nalish ko‘zga tashlanadi. Birinchisida shoir ijodiga xolis, poeziyaning ichki mohiyatidan kelib chiqib to‘g‘ri baho berildi. Bunga A. Qodiriy V Mahmud, A.Alaviya, qisman Z. Bashir va Oybeklaming taqriz, maqoialarini ko rsatish mumkin. Ikkinchisiga Ayn, Usmonxon, Miyonbuzruk Solihcv, A.Sa’diy va boshqaiar yozgan taqriz, maqolalar mansub bo‘iib, ularda Cholpon jjodiga so f «markscha-lenincha» estetika nuqtayi nazaridan baho nidi, bu yo‘nalish shoir qismatiningfojeaga giriftor ctilishini tczlashtirishga sabab b o id i1.Afsuski, o ‘zbek adabiyoti va tanqidchiligining tug‘ilishi hamda shakllamshi jarayonida, aniqrog‘i, XX asrning 20—30-yil!arida iste-dodlarga shunday yondashish qaror topa boshlagan edi va buning bosh sababchisi tuzum va mafkura edi, albatta. Badiiy ijodda g ‘viylik bilan badiiylik bir-biriga uzviy birlashib, uyg‘unlashib ketgandagina chinakam san’at asari paydo bo‘ladi.11 Ulaming birini ikkinchisidan uzib, yuqori qo‘yish, badiiy ijod mohiyatini ijtimoiyot qonuniyatidangina kelib chiqib tushuntirish, talqin etish vulgar sotsiologizmga
olib keladi, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur ravnaqiga putur yetkazadi.
“Adabiy tanqid” tushunchasi, lug‘aviy va istilohiy ma’nolari. Adabiy tanqid ilmda o‘ziga xos hodisa sifatida dastlab Platon, Aristotel, Aristarx faoliyatlarida antik zamonda namoyon bo'ldi. Aslini olganda, tanqidning ilk unsurlari xalq og‘zaki ijodida boshlangan. o‘tmishda badiiy asar haqida ikki xil: og‘zaki va yozma shakllarda fikr bildirib kelindi. Ilk badiiy asar yaratuvchisi xalq bo‘lganidek, ularga ilk munosabat bildiruvchi ham xalqning o‘zidir. Hayotning barcha jabhalari, jumladan, kishilarning tabiiy ofatga qarshi kurashdagi jasoratini, muayyan maqsad (qanchalik oddiy bolishidan qat’i nazar) zamiridagi estetik uzv adabiy tanqidning dunyoga kelishini taqozo etadi. Bunday hol umum jahon miqyosidagi adabiy tanqidiy tafakkurning paydo bo‘lishi uchun umumiy qonuniyat sanaladi. Shu tariqa adabiy tanqidning ilk namunalari folklor asarini yaratuvchilar hamda uni tinglovchilar toifasiga mansubdir deyish mumkin. Shunday holat o‘zimizning baxshilar va ular ijrosidagi asarlarni tinglovchilar uchun ham xos bo‘lgan.12
Bu hol adabiy tanqid hodisasining qadimiyligidan guvohlik beradi, albatta. Jumladan, Fozil Yo'ldosh o`g‘lidan «Sanobar», «Farhod va Shirin» dostonlarini tinglagan xalq baxshiga o ‘z taassurotlarini bildirgani haqidagi ma’lumotlar fikrimizni tasdiqlaydi. Yillar, davrlar osha yozma adabiyot bilan parallel ravishda goh uning tarkibida, goh unga alohida munosabat tarzida yozma adabiytanqidiy fikrlaryuzaga keldi va shakllanib bordi. Bora-bora u jamiyat va adabiyot rivojida mustaqil va mustahkam mavqega ega bo'ldi. Binobarin, tanqid deganda biz nimani tushunamiz? Arabiy lug‘atlarning shahodat berishicha, «naqd» so‘zining bosh ma’nosi - «saralamoq», ya`ni yaxshini yomondan yoki aslni soxtadan ajratish dcmakdir. «Naqada» o ‘zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi muhokama qilmoq, tekshirmoq, o ‘rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to‘g ‘riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, badiiy asami baholash, izohlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. Ma’lumki, Sharq mumtoz poetikasi an’anaviy ilmi qofiya, ilmi aruz, ilmi bade’dan tarkib topgan edi. Tanqid ham ana shu uchlik ichida bo‘lgan. Vazn, qofiya, ifoda, tasvir, bayondagi g‘alizliklar uni yaxshi tushunuvchilar tomonidan bee’tibor qolmagan. Badiiy asardagi kamchilikni ko‘rsatadigan «ilmi naqd» tarzida an’ana kasb eta borgan. Biroq boshda u dastlab ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’da har birining o‘zida naqd qismi sifatida mavjud bo‘lgan.XIII asrning yirik adabiyotshunosi Shamsiddin Muhammad binni Qays Roziy «Al- Mo‘jam» kitobida ilmi naqdni alohida fasl qilib ajratgan. Olim bu ilmning ahamiyati, vazifalari haqida ham maxsus fikr yuritadi. 1483- yili Alisher Navoiy homiyligida bitilgan Atoulloh Husayniyning «Badoyi us-sanoye» asarida ham badiiy asar kamchiligi muammosi alohida bobda bayon etilgan.Alisher Navoiy zamondoshi Husayn Voiz Koshifiyning «Badoyi’ ul afkor fi sanoyi’ ul ash’on « kitobi ham Sharq tanqid ilmi tarixini yoritish uchun muhim manba hisoblanadi. Bu asarning badiiy san’atga bag‘ishlangan an’anaviy kitoblardan farqi shundaki, uning birinchi bobi badiiy san’atlar, ikkinchi bobi ilmi naqd, ya’ni adabiy tanqidga bag‘ishlangan. Koshifiy bu adabiy ilmni yanada mukammallashtirdi, kitobda naqdning lug‘aviy va istilohiy ma’nosi, bu adabiy ilmning vazifalari aniq ta’riflangan: Nazm aytmak bayonidakim uni naqd ilmi derlar va adabiy ilmlarning biri deb bilurlar va naqd lug‘atda saralamoq va soh tangani qalbaki tangadan ajratmoq degani. Istilohda eng yaxshi she’rni yomonidan ajratish va ulami o‘zaro farqlash iimidan iborat va bu ilmni shuning uchun naqd deganlarki, tanga naqqodi (saralovchi) qalbaki tangalar orasidagi haqiqiy tangani ajratsa, bu ilm sohibi (tanqidchi) ham pokiza va beayb suxanni noshoista va ayblik suxanlar orasidan saralab aytishi kerak. Har holda kimki she’r ayblaridan ogoh bo‘lmasa, unga beayb she’rni namuna qilib ko‘rsatishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, olimning adabiy tanqid oldiga qo‘ygan talabi hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Yunon tilidagi «sritike» so‘zi bilan ifodalangan (uni ruslarda ilk bor Kantemir 1799-yilda «kritik» shaklida taomilga kiritgan) tanqid, V.G.Belinskiy talqinicha, «hukm qilmoq», keng ma’noda esa, mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq ma’nolarida qo‘llangan. Shu sababli tanqid faqat san’at va adabiyot asarlarigagina xos bo'lmay, turli fanlarga, jumladan, tarix, axloq va boshqa sohalarga ham taalluqlidir. Demak, tanqid tushunchasi doirasining kengligi uning hayotdagi barcha hodisa-voqealarga tegishli ekanini ko'rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo‘lsa, o‘sha jabha nomi bilan ham atalishi an’anaviydir. (Masalan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid kabi). Rus va Yevropadagi qator xalqlarda realistik adabiy tanqidning san’at va fan sintezidan iborat holda shakllana boshlashi XVII asr oxiri va XVIII asr boshlariga to ‘g‘ri keladi. Adabiy tanqid harakatdagi estetik tafakkur tarzida adabiy jarayon mohiyatini tahlil qilish va baholash xususiyatini kasb etgan; ijtimoiy-falsafiy estetik qarash shaklida adabiyot va jamiyat munosabatlari qay darajada in’ikos topganini zamon mafkurasi prizmasidan o ‘tkazgan holda umumlashtirish san’ati darajasiga ko‘tarilgan. Binobarin, san’at qanchalik ichki xilma-xiUikka ega bo‘lsa, tanqid ham o‘sha sohalarga tegishlilik kasb etadi. Bunga teatr va kino tanqidini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Badiiy adabiyot muammolariga daxldor tanqid adabiy tanqiddir.Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so‘z san’ati – badiiy adabiyot tashkil etadi. Hozirgi tushunchamizdagi o ‘zbek adabiy tanqidining shakllanishi o ‘zbek vaqtli matbuotining tug‘ilishi va rivoji bilan chambarchas bog`liqdir. Vaqtli matbuot adabiyotga aloqador bu yangi sohani taraqqiy ettirishga katta hissa qo‘shdi. Nashr etilgan badiiy va taijima asarlariga vaqtli matbuot sahifalarida taqrizlar berildi.Bu taqrizlar adabiy tanqid uchun keng va izchil shakuanish yo‘lini ochdi. XX asr boshlaridagi o ‘zbek vaqtii matbuoti sahifalarida adabiy tanqid haqida, uning ahamiyati, ijobiy ta’siri. umuman, adabiyotning taraqqiyotidagi roli haqida qimmatli maqolalar chop etildi. Masalan «Sadoyi Turkiston» gazetasi «tanqid» istilohi va uning adabiyotga kirib kelayotgani haqida shunday ma’lumot beradi: «Ushbu kalima qo‘limizda bo‘lg‘on lug‘at kitoblarining ba’zilarida b o ‘lsa hamba’zilarida yo'qdir.Turkiston viloyatida iste’mol qilinadurg`on lug‘at kitoblarida bolmaganlik to‘g ‘risinda bu «tanqid kalimasi bizning istiloh orasida yangidir». Gazeta tanqid «Axbori kabir» lug‘atida «alnoqid» so‘ziga to‘g‘ri kelib «yaxshi narsaning orasidan yomonini ajratib chiqarib tashlamoq» ma’nosini bildirishi, Lekin endilikda bu atamani tatar matbuoti va adabiyotida qo'llanilayotgan a’nosida ishlatish lozimligini uqtiradi. Maqola mualufi Ahlullo Xaybullo o‘g‘li tanqidning bu davrga kelganda butunlay yangi ma'no kasb etishini aytish bilan birga « badiiy asarlarga vaqtii matbuot orqali baho berish» deb ham tushunadi va shu mantiqdan kclib chiqqan holda asarlaming yutuq hamda kamchiliklarini ko‘rsatishi lozimligini uqtiradi. Uningcha «Tanqid demak bir musannifning yozib maydoni intishorga qo‘ygan kitobinda kelishmag‘on iboralami matbuot vositasi ila yozib ko‘rsatmoq demakdir. Ahlullo bu bilan adabiyotning kelgusi taraqqiyoti bevosita vaqtli matbuotga uzviy bog‘liqligini uqtiradi Shu bilan birga u tanqidchi odob doirasidan chiqmasligini ham alohida ta’kidlaydi E’tibor bersangiz, bundan taxminan yuz yil awal o'zbek tanqidchiligida ilk bor tanqidchi etikasi degan muhim masalaga ham diqqat qaratilgan. Muallif maqolada adabiy tanqidning rus, tatar, ozarbayjon vaqtli matbuotida faol ko‘rinayotganligini e’tirof etadi va o‘zbek tanqidchilarini ham ulardan o ‘rganishga da’vat etadi. Chindan-da, ilk o‘zbek vaqtii matbuoti adabiy tanqidning paydo bo‘lish omillaridan biriga aylana bordi. Ilk o‘zbek vaqtli matbuoti yangi tipdagi adabiy tanqidning shakllanishiga asos solish bilan birga uning muhim ijtimoiy mohiyatiga ham e’tibor berdi. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning o‘ziga xos tarkibiy qismi: mushtarak va xos xususiyatlar. Hodisaning mohiyati. Adabiy tanqidning xos xususiyati aniq badiiy asar haqida fikr-mulohaza yuritish, uni baholash bo‘lib, uning jamiyat va inson kamolotidagi o`rnini belgilashdan iborat. Ayni vaqtda u adabiy jarayon taraqqiyotiga marifatparvarlik adabiyoti taraqqiyotida jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyotshunoslik uch tarkibiy qismdan iborat: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid.

Download 72.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling