Mavzu: dilmurod quronovning ''mutoala va idrok mashqlariʼʼ kitobini tahlil qilish kirish L. Bob. Adabiy tanqidchilik


ll.Bob. D.Quronovning adabiy-nazariy qarashlari


Download 72.8 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi72.8 Kb.
#1579831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILMUROD QURONOVNING MUTOALA VA IDROK MASHQLARI KITOBINI TAHLIL QILISH

ll.Bob. D.Quronovning adabiy-nazariy qarashlari.
2.1. Dilmurod Quronov hayoti va ijodi.
1960 yilda Oʻsh viloyatida tugʻilgan. 1987 yilda Andijon Davlat tillar pedagogika institutini “Rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi” ixtisosi boʻyicha imtiyozli tamomlagan. Olim adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bagʻishlangan ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra Oʻzbekiston Milliy universitetida 1993 yili “Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanida xarakterlar psixologizmi” mavzusida nomzodlik va 1998 yili “Choʻlpon poyetikasi (nasriy asarlari asosida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995 yilda dotsent, 2012 yilda professor unvonini olgan. Dilmurod Quronov ilmiy faoliyati davomida 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 1 ta adabiyotshunoslikka oid lugʻat, 3 ta oʻquv qoʻllanma chop ettirgan. 3 ta amaliy loyihaga ilmiy rahbarlik qilgan. Respublika matbuotida 90 dan ziyod ilmiy maqola eʼlon qilgan. Dilmurod Quronovning oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalariga bagʻishlangan “Ruhiy dunyo tahlili”, “Choʻlpon: hayoti va ijodiy merosi”, “Istiqlol dardi. Choʻlponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji”, “Choʻlpon nasri poyetikasi”, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Gʻarb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari”, “Adabiyotshunoslik lugʻati”, “Adabiy jarayonda “Mom sindromi”, “Mutolaa va idrok mashqlari”, “Zavqimdan bir shingil”, “Talqin imkonlari”, “Adabiy oʻylar”, “Nazariy qaydlar”, “Adabiyot va b. haqida” nomli kitoblari chop etilgan. 2018 yilda “Adabiyot nazariyasi asoslari” nomli darsligi chop etilgan, mazkur darslik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan. Shuningdek, D. Quronov tarjimasidagi Ezop masallari alohida kitob holida uch qayta chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligi va maslahatchiligida 1 ta fan nomzodi, filologiya fanlari boʻyicha 4 ta falsafa doktori va 1 ta fan doktori dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. Hozirda uning ilmiy rahbarligida 3 ta falsafa doktorligi va ilmiy maslahatchiligida 1 ta fan doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Shuningdek, filologiya sohasi boʻyicha Ilmiy kengashlar aʼzosi sifatida faoliyat yuritmoqda. Olim Choʻlpon asarlarini nashrga tayyorlab chop etish ishlarida ham faol qatnashgan. Jumladan, 1994 yilda Choʻlpon 3 jildlik asarlari toʻplamining 2-jildini nashrga tayyorlagan, uni izohlar bilan taʼminlagan. Shu yili “Adabiyot nadir?” toʻplamini nashrga tayyorlashda qatnashgan. 1997 yilda Andijon viloyati Choʻlpon jamgʻarmasi tashkil qilinganidan buyon jamgʻarmaning bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2016 yilda 4 jildlik Choʻlpon asarlari toʻplamini nashrga tayyorlash va chop ettirish boʻyicha guruhga rahbarlik qilgan hamda ushbu jildlikning 2-jildini nashrga tayyorlab, izohlar bilan taʼminlagan. Dilmurod Quronov tashabbusi bilan 2009 yilda “Ilmiy xabarnoma” jurnali tashkil qilingan. Olim hozirda mazkur jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. Olim filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, professor ilmiy unvoniga ega. Dilmurod Quronov keyingi chorak asr mobaynida o‘zbek tanqidchiligida faol rnehnat qilayotgan, maqolalari va o‘tkir fikrlari tufayli katta qiziqish bilan o‘qilayotgan va bahslarga sabab bo'layotgan, badiiy asarlarga munosabatda qator yangi qarashlar, yangi mezonlami ilgari surayotgan munaqqidlardan biridir. Quronov 1960-yilda o‘shda tug‘ildi. Maktabdan so‘ng qurilishda ishladi, harbiy xizmatni o ‘tadi. Andijon davlat tillar pedagogika intsitutining rus tili va adabiyoti fakuitetida o‘qidi (1982-1987). Ma’lum muddat shu daigohda muallimlik qildi. ToshDU aspiranturasida tahsil oldi. «Cho‘lponning «Kecha va kunduz» remanida arakterlar psixologizmi» (1992) mavzuida nomzodlik, «Cho`lpon poetikasi (nasriy asarian asosida)» mavzuida doktorlik disseitatsiyasini himoya qildi.
D.Quronov munaqqidlik faoliyatini ko‘p yillardan buyon Andijon davlat universitetida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish bilan birga qo‘shib olib boi adi. Professor D.Quronov 1998—2009-yillarda filologiya fakulteti dekani bo‘ldi. 2009-yildan boshlab, mazkur universitetning «Ilmiy xabamoma» jurnaliga muharrirlik qilib kelmoqda. Tanqidchi adabiv jarayonga o ‘tgan asming 90-yii!aridan kirib keldi. Cho‘lpon haqidagi dastlabki maqolalariyoq jamoatchilik e’tiborini liortdi. Uning bu boradagi izlanishlari yangi yo‘nalishdagi Istiqlol davri o‘zbek tanqidchiligining dastlabki natijatari qatoridan o‘rin egalladi. Shu ma’noda, yangi davr o'zbek tanqidchiligi mctodologiyasitting Shakllanishida, tanqidchilikka yangi mezonlaming kinb keiishida kamtarona bo‘lsa-da, munaqqid D.Quronovning ham hissasi bor. Olim ilmiy ishlarining salmoqli qismi Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. U istiqlolning dastlabki yillarida O.Sharafiddinov rahbarligida bosh lan gan Cho‘lpon ijodini o‘rganishgma emas, ijodiy merosni tiklash, u ning namunalarini chop etish va ommalashtirishda faol ishtirok etdi. Adib asarlarining 2- va 3-jildlarini nashrga tayyorladi. Uning «Ruhiy dunyo tahlili» (1995), «Istiqlol dardi. Cho‘lponning ijtimoiy-siyosiy qarashlari tadriji» (2000), «Cho'lpon poetikasi» (2004) kabi tadqiqotlarida san'atkorning yangi o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o ‘mi, asarlari badiiyati masalalari atroflicha tadqiq etildi. Cho‘lpon ijodining, ayniqsa, jahon adabiyoti kontekstida o‘rganishga harakat qilinishi, asarian badiiy-g‘oyaviy o‘zlikni belgilagan ijtimoiypsixologik omillar bilan aloqadorlikda ochib berilishi bu tadqiqotlar qadriyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. D.Quronov ilmiy faoliyatiga xos xususiyatlardan biri, tadqiqotlarida jahon adabiyotshunosligining yangi yutuqlarini o'zbek adabiyotini o'rganishga tadbiq etaroq yanada rivojlantirish va boyitishga intilishda namoyon bo‘ladi. Jumiadan, Choipon ijcdini o*rganishda u psixoanaliz, germenevtika ta’limotlarigatayandi, tadqiqotlarida struktural, semiotik, mikroanalitik tahlil usullarini qolladi. Aym paytda, mazkurusullardan sistem kompleks yondashuv asosida foydalanishga harakai qiiadi. Bu csa, o‘z navbatida, ChoMpon asarlarining bctakror poctikasim, undagi nazokat va shiddartami ilmiy jihatdan asosli ochib beiishga zamin yaraldi. Asar tadqiqiga yangicha yondashuv D.Quronovning zamonaviy asarlargina cmas} adabiv merosga bag‘ishlangan ishlarida ham ko‘zga tashlanadi. Jumiadan, uning H.Usmonov bilan hammualliflikda yozilgan «ideal va badiiy yaxlitlik» (1995) maqolasini adabiy asarga yangicha munosabat masalasining nazariy muammolarini yoritishga bag‘ish!angan ma’lum ma’nodagi dasturiy izlanish sifatida baholash mumkin. Maqolada ilgari surilgan nazariy fikrJami muayyan vaqt o‘tgach, A.Qodiriy, G'.G‘ulom, Oybek, A.Qahhor, H.Olimjon asarlarning yangicha talqiniga bag‘ishlangan turkum ishlarida muallifning o‘zi amalda tadbiq eta boshladi. Ularda ayrim bahsli o‘rinlar yo‘q emas. Asardagi u yoki bu nuqtani, yozuvchi ijodiy niyatini gipotetik baholash masalasida ba'zan zo‘rma-zo‘rakilik, ba’zan dalillashning etishmasligi sezilib qoladi. Bunday yondashuvga professor N. Karimov, adabivotshunoslar o ‘z vaqtida bahsli munosabatlarini bildirdilar. Biroq, bundan qat’i nazar D.Quronovning maqolalari adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. B hs-munozaralar muammoga yanada chuqurroq va aniqroq yondashuvga da`vat etdi. Olimning bu yo‘nalishdagi maqolalari yaqin o'tmish, ayniqsa, sobiq sho‘ro davrida asarlardagi e’tibordan chctda qolib kelgan ma’no qirralari va tag qatlamlarni ochtshga intilishi. Davr kontekstidan kelib chiqib, ijodkor ruhiyati va badiiy ijod tabiatiga xos xususiyatlarni anglagan holda amalga oshirishga harakat qilinishi jihatidan ilmiy qimmat kasb etadi.Ilmiy va pedagogik faoliyatni uyg‘unlikda olib borayotgan D.Quronov oliy o'quv yurtlari talabalari uchun «Adabiyotshunoslikka kirish» (2002, 2004, 2007) darsligi, hammualliflikda «G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari* (hammualliflikda, 200S), «Adabiyotshunoslik lug‘ati (2010) kabi kitoblaridau respublika ta ’lim muassasalarida keng foydalanilmoqda. Xususan, adabiy-tanqidiy tafakkurining ulkan namoyandalari ijodidan qilingan tarjimalar va ulaming alohida kitob holida chop etilishi adabiyot, tanqid, estetika bilan qiziquvchi keng kitobxonlar va mutaxassislarga qimmatli manba bo'ldi.


Download 72.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling