Mavzu: dilmurod quronovning ''mutoala va idrok mashqlariʼʼ kitobini tahlil qilish kirish L. Bob. Adabiy tanqidchilik


Download 72.8 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi72.8 Kb.
#1579831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILMUROD QURONOVNING MUTOALA VA IDROK MASHQLARI KITOBINI TAHLIL QILISH

Adabiyot tarixi badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya’ni «ortga nazar tashlab», o'tmishda kechgan hodisalaming sabab, oqibatlarini tekshiradi. Boshqacha aytganda, adabiyot tarixi badiiy adabiyotning uzoq yoki yaqin tarixga mansub qismini o ‘rganadi. Adabiyot tarixi so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini ham tadqiq etadi, umumlashtiradi, bir xalqning va umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi.
Adabiyot nazariyasi so‘z san’atining mohiyatini, u yoki bu asar janri, poetikasini, shuningdek, tarkibiy qismlari qonuniyati, ulaming so‘z san’ati takomilidagi rolini tadqiq etadi, badiiy asarlami tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish me’yorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi o ‘tmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jaiayonidan nazariy xulosalar chiqaradi, mavjud tajribalar asosida kelajak adabiyotining nazariy xossalari haqida bashorat qiladi.
Adabiy tanqid asosan harakatdagi adabiy jarayonni tekshiradi, yangi paydo bo‘layotgan asariar talqin vositasida taraqqiyot tamoyillari haqida xulosa chiqaradi, adabiy jarayonga, yangi mezonlar shaklanishiga ta ’sir etadi. Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlami xalq hayoti, uning estetik ehtiyoj va talablari jihatidan o‘rganadi, baholaydi, fazilat, nuqsonlarini amqlaydi, yozuvchilaming ijodiy o‘sishlariga va adabiyotning ravnaqiga ko‘maklashadi. Kezi kelganda ta'kidlash joizki, adabiy tanqidda tarixiy-funksional yondashuv tamoyili bo'lib, u vaqti-vaqti bilan o‘tmishda yaratilgan badiiy qadriyatlarga murojaat etib turadi. Har bir davr, insonlardagi badiiy-estetik ehtiyoj insoniyat yaratgan buyuk asarlani o ‘qib, uqib, talqin qilib, baholab borishni taqozo etadi. Badiiy adabiyotni adabiy tanqid o ‘rganadi. San’atning rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, amaliy san’at kabi yo‘nalishlarini adabiy badiiy tanqid o‘rganadi. Jumalistlar, san’atshunoslar, kino-teatrshunoslar adabiy-badiiy tanqid sohasini o'zlashtiradilar. Adabiy va adabiybadiiy tanqidning betakror xususiyatlari mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarining o‘zaro mushtarak jihati shundaki, ulaming har uchovi ham estetik idrokning o ‘ziga xos jihatlarini o ‘rganadi; ular xalq tarixi, xalq tili, xalq adaniyati, folklor va xalq estetik tasawurlarining jonli taraqqiyot tarixi negizida rivoj topadi. Ko‘p hollarda bir olim shaxsida, aytaylik, I.Sulton yoki M. Qo‘shjonovlarda, ayni vaqtda ham adabiyotshunos, ham munaqqid fazilatlari mujassam topadi. Adabiyotshunoslikning uch tarkibiy qismi aro tafovutlarga kelganda shuni aytish zarurki, ayirmalar ko‘proq zamon kategoriyasi hamda obyektga munosabatdagi farqdan kelib chiqadi. Binobarin, adabiy tanqidni adabiyotshunoslikdan farqlashga imkon beradigan estetik xususiyatlar quyidagilar: Adabiyot tarixi, asosan, o ‘tmish adabiyotini, adabiy tanqid esa ko‘proq shu kunda yaratilayotgan asarlami, adabiyot nazariyasi esa ham o'tmish, ham bugunda asarlaming yaratilish qonuniyatlarini, asarni yuzaga keltiruvchi tarkib va qism jamlangan sababiyatini o ‘rganadi. Adabiyotshunos va tanqidchi orasida ham muayyan farqlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:13
1) adabiyotshunos, asosan, ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa ilmiy-publitsistik va badiiy tafakkuming mushtarak maydonida harakat qiladi;
2) adabiyotshunos fundamental muammo va xulosalar ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida so ‘z yuritadi;
3) adabiyotshunos o ‘tmish va zamonaning muayyan xulosalangan adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa, aniq asarga va kechagi asarlaming bugungi adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsata oluvchi jihatlariga ko'proq urg‘u beradi;
4) adabiyotshunos yaxshi ma’nodagi «akademizm»ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqidchi esa zamonaviy, tezkor ruhdagi bevosita faollikka asoslanadi;
5) adabiyotshunos mutaxassislar va soha talablarini nazarda tutadi, adabiy tanqidchi esa ommaga qarab so‘zlaydi; shu kunning estetik talablariga alohida e ’tibor beradi;
6) adabiyotshunos estetikani, adabiy tanqidchi estetika bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning o ‘zini ham boyitadi;
7) tanqid xulosalarini tasdiqlab yoki inkor etib, adib, asar, muammolar haqida yangi ilmiy qarashlami ilgari suradi va h.k. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o ‘zaro uzviy bog‘langan bo‘Iib, biri ikkinchisini to‘ldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning maqsadi umumiy, ammo predmeti bir-birinikidan farq qiladi. Adabiy tanqid metodologiyasi. Jahon adabiyotshunosligida har bir xalqning tanqid tarixiga taalluqli talay tadqiqotlar yaratilganiga qaramay, bu sohada hamma adabiyotlar uchun ma’qul va manzur tushadigan mushtarak metodika va metodologiya hali maydonga kelganicha yo‘q. Hozircha ko‘pchilikka manzur tushuvchi asosiy yo‘nalishlardan biri tanqid tarixini adabiyot tarixining bosqichlari bilan aloqadorlikda o'rganishdir. Bu y o ‘nalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy jarayonda adabiyot va san’atning tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi. Lekin ayni vaqtda adabiy tanqid tarixini faqat adabiyot tarixigagina bog‘lab emas, uning o‘z spesifik xususiyatlari asosidagi takomiliga tayanib o ‘rganish mumkin va hatto zarur ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir. Shuni unutmaslik kerakki, tanqid tarixi adabiyot tarixini e ’tirof etishning o‘zidangina iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Adabiyot va san’at tarixida tanqidga oid material yordamchi manba vazifasini bajargani kabi, tanqid tarixida ham adabiyot tarixiga oid material murojaat etiluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu tanqid tarixining badiiy adabiyot tarixi bilan chambarchas aloqasini hamda tanqid tarixining, nisbatan, mustaqilligini adabiy tanqidchilikning rivojini tayin etuvchi shart-sharoitning o ‘ziga xos xususiyatlarini. albatta, e’tiborga olmoq demakdir. Adabiyot hayotni, jamiyatni, voqelikni, inson hayotini badiiy aks ettirib, barkamol yetuk obrazlar yaratishi lozim bo'lsa, tanqidning vazifasi voqelik, kishilar hayoti, ruhiyati yozuvchi tomonidan nechog‘li go‘zal, haqqoniy, yangi tarzda aks ettirgani, yutuq va kamchiliklarining tub sabablarini ko‘rsatishdan iborat.
Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini badiiy adabiyotdan tashqari hayotni ham teran kuzatish va chuqur bilishga da’vat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari va uslubiarining rang-barangligi muhim ahamiyatga molik. Zero, tanqidga oid asarning ta’sirchanlik darajasi va o‘qimishliligi aslida xuddi shu usul va uslub jozibasiga bog‘liq


Download 72.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling