Mavzu: dilmurod quronovning ''mutoala va idrok mashqlariʼʼ kitobini tahlil qilish kirish L. Bob. Adabiy tanqidchilik


Download 72.8 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi72.8 Kb.
#1579831
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DILMUROD QURONOVNING MUTOALA VA IDROK MASHQLARI KITOBINI TAHLIL QILISH

Kurs ishining obyekti. D. Quronov haqida ilmiy maqolalar.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Barchamizga ma`lumki, Dilmurod Quronov keyingi chorak asr mobaynida o‘zbek tanqidchiligida faol rnehnat qilayotgan, maqolalari va o‘tkir fikrlari tufayli katta qiziqish bilan o‘qilayotgan va bahslarga sabab bo'layotgan, badiiy asarlarga munosabatda qator yangi qarashlar, yangi mezonlami ilgari surayotgan munaqqidlardan biridir. Ushbu tadqiqot ishimizda D.Quronovning adabiy-nazariy qarashlari, ijod va hayot yo`liga yana bir nazar tashladik.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish qism, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat



l.Bob. Adabiy tanqidchilik
1.1. Adabiy tanqidchilik tarixi

Boshlanayotgan yangi davr adabiy-badiiy talablari va estetik ehtiyojlarini ifoda etib, zamonning yangi tipdagi badiiy adabiyoti, yangi inson va kitobxonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan adabiy tanqid O‘zbekistonda XX asr boshlarida matbuot bilan birga tug‘ildi. Uning yuzaga kelishida, avvalambor mumtoz adabiyot va adabiy-tanqidiy tafakkur an’analari, qolaversa, yangi matbuot sahifalarida bosilgan maqolalar hamda an’anaviy tarzda sharq qo`lyozmalari orqali kirib kelgan jahon ilmiy estetik qarashlaridagi namunalar muhim rol o‘ynadi.3


Yangi o‘zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug‘ilib, shakllanib, kamolot bosqichiga ko‘tarilish yo‘lida kechgan qiyinchilik va ziddiyatlar mohiyatini anglash uchun tarixning adabiy madaniy sahifalarini birma-bir varaqlab, ko‘zdan kechirish, erishilgan ilmiy-estetik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o‘tkazish, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini haqqoniy o'rganish va yoritish zarur bo'ladi. O‘zbek tanqidchiligi ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi. Biz uning XX asr tongidan boshlangan tarixini yoritishni maqsad qilib qo‘ydik. Shu o'tgan vaqt mobaynidagi adabiy tanqidning fazilatlarini o'zlashtirish, nuqsonlarini haqqoniy tahlildan o’tkazib, sabab va oqibatlarini aniqlash, adabiy tanqidning yozuvchilar va o‘quvchilar ommasiga ta’siri doirasini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun zarurdir.
«Biz bugun yangi asrga qadam qo‘ydik. Xo‘sh, yangi asrga o'zbek adabiyotshunosligi qanday yo’llanma bilan kiradi? U o’zining qaysi jihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunohlaridan tavba qiladi? Kamchiliklar oz emas. ...Lekin shunga qaramay, bugun umidsizlikni yig‘ishtirmoq kerak va ahiliik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol ko‘maklashmoq kerak». Bu fikrni adabiy tanqidga nisbatan ham qo`llash mumkin, chunki badiiy adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qiladi. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib o‘rganilmasa, maqsadga olib boradigan to'g‘ri yo‘lni topish qiyin kechadi. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro'y bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davrlashtiriladi, ba’zan soddagina qilib: «20-yillar adabiyoti», «60-yillar adabiyot;» tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish taraoyillari hali qat’iy belgilangan emas. Yoki bu davrlashtirishning ko‘p ham oson emasligidir.
Shunisi ayonki, ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning o‘ziga xos mazmuni, mundarijasi, muammolari markazida turadi. Tanqid rivoji adabiyot rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go‘zallikni yoritadi va iztaydi, ularni turlicha shaklda ifoda etadi. V.G.Belinskiy bu haqda shunday yozadi: «San’atkor va adabiyotchi o ‘zining san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o‘zi bilan ifoda etadi; tanqidchi esa san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini mantiqli fikr vositasi bilan mushohada tarzida ifoda etadi. Bu holda san’at va adabiyot tanqid bilan qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro ta’sir etadilar». Buyuk munaqqid qayta-qayta ta’kidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi o‘rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va to`liq manzarasini yaratish mumkin emasligidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qo‘yadi Shu mantiqdan kelib chiqib « O‘zbek sovet adabiy taniqidi tarixi» (1987) ikki jildligi mualliflari o‘zbek adabiy tanqidi bosib o‘tgan yo‘lni zamon mafkurasiga tayangan ravishda quyidagicha o‘rganadilar4:
Ko‘rinadiki, bunday davrlashtirishga sohadagi o`ziga xosliklar emas, mamlakat tarixi, yoxud shu tarixdagi o‘ziga xosliklar asos qilib olingan. U esa o’zbek adabiy tanqidining chinakam ilmiy tarixini — rivojlanish yo'lidagi haqiqiy manzarasini aks ettirmagan. Unda adabiy tanqidda kechgan jarayonlar sho‘ro tarixi va mafkurasiga moslashtirib talqin etilgan. 30-yillarning boshlaridan rus adabiyoti milliy adabiyotlarning rahnamosi, o‘rnak universitetiga aylantirildi. Badiiy adabiyot, adabiy tanqid sohasida shaxsiy adovat, yomonotlik qilish tamoyili kuchaydi. Sotsialistik realizmning sho'ro adabiyoti, tanqidchiligining asosiy metodi sifatida tasdiqlanishi sho'ro adabiyotining inqirozini belgilab berdi. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi 60-yillar arafasigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi uch bosqich esa aslida, o‘zbek adabiy tanqidchiligining shiddat biian izlanishi adabiy-tanqidiy tafakkurda o‘zgarishlar ro‘y berishi, yangi-yangi shakllarning o‘zlashtirilishi va realizm uchun kurash yillari bo'ldi. Albatta, bu jarayon ham sho'ro va partiyaviy mafkuralarga to‘yingan holda kechgan esa-da, shaxsga sig‘inish oqibatlarining tugatila boshlashi tufayli, har qalay adabiy tanqidda ham hur fikrning uyg‘onayotganidan ayrim mujdalar berdi. Adabiy tanqid stalincha qatag‘on qurbonlari ijodini qayta baholashga kirishdi, lirika, badiiy mahoratni o’rganishda estetik tahlilda ayrim yangi qadamlar tashlandi. Qolaversa, adabiy jarayonda yuz berayotgan xilma-xil izlanishlar — ijodiy metod va janrlar rang-barangligi hodisalari mohiyatini, qiynala-qiynala bo‘lsa-da, idrok eta bordi va estetik bahosini berishga, umumlashtirishga hamda ulardan tegishli xulosalar chiqarishga harakat qildi, qisman ma’lum natijalarga erishdi. A.Rasulov va N.Xudoyberganovlar o‘zbek tanqidini tarixan ikki davrga bo`lib o‘rganishni tavsiya etadilar. Ular fikricha: 1. 1917—1955-yillami o'z ichiga oluvchi bosqichda yangi o‘zbek tanqidchiligining tug‘ilishi, shakllanishi va maxsus fan sifatida tarkib topishi sodir bo‘ldi. 2. 1956-yildan to 1990-yilgacha kechgan va kechayotgan vaqtni qamrab oladi. Bu davrda o'zbek tanqidchiligi fan va san’at uyg‘unligidan tashkil topgan maxsus adabiy hodisa tarzida rivojlanib. Ilmiy estetik kamolotga erishish jarayonini boshdan kechiradi. Tabiiyki, mualliflar o‘zbek adabiy tanqidi tarixini bu tarzda ikki davrga bo‘lib o'rganish ham nihoyatda shartlidir.5
Chunki bunday davrlashtirishda salkam bir asr davomidagi o‘zbek tanqidchiligida kechgan o‘zgarishlar, yangilanishlar, ayrim tanazzul va boshqa holatlami ilg‘ash, anglash hamda ulaming sabablarini aniqlash ko‘rinmay qoladi. Jarayondagi murakkabliklarning deyarli bir tekislikka tushib qolishi ushbu davrlashtirishning eng kemtik nuqtalaridan biridir. Mustaqillik davrida yaratilgan o’quv qo‘llanmalarida ham davrlashtirish masalasiga e’tibor qaratilgan. B.Rahmonov XX asr o ‘zbek adabiy tanqidchiligining taraqqiyotini uchga, ya’ni «jadidchilik davri», «sho‘ro davri» va undan keyingi yillar singari katta bosqichlarga bo`ladi.
O‘zbek adabiy tanqidchiligi. Bu davrlashtirishni munaqqid S. Sodiq tanqid qiladi- Sho'ro davri tanqidchiligi tarixini 20-yillar, 30-yillar, urush davri. Undan so'nggi davr 1956- hamda 1972-yildan keyingi bosqichlar tarzida kichikkichik etapiaiga taqsinilaganini to‘g‘ri emas deb hisoblaydi. Bu davrlashtirihshda muallif, asosan, bitta prinsipga, ya’ni jamiyat rivoji xususiyatlarini ko'proq inobatga olish tamoyiliga amal qilgan deb qaraydi. S. Sodiq davrlashiirish inasalasida o ‘zining ushbu taklifini o'rtaga tashlaydi:6
Bunday davrlashtirishda ham munozarali o‘rinlar yo‘q emas. Garchand S. Sodiq adabiyot rivojining o'ziga xosligi va tanqidchilikning ichki taraqqiyot qonuniyatlarini inobatga olish tamoyiliga tayangan , tasnifda jarayon tadrijiga belgilarining yetakchi xususiyatlari ko‘rinmay qoladi. Aslida yangi o`zbek adabiy tanqidchiligi XX asr hosilasi, u asr boshida jadidchilar boshlagan milliy uyg‘onish g‘oyalaridan suv ichib bunyodga keldi va shakllanish jarayoniga kirdi. Sho'ro zamonida sotsarealizm bayrog‘i ostida mafkuraviy qurolga aylandi, nihoyat istiqlol arafasida asl o‘zaniga qaytib, xolis yangi taraqqiyot yo‘lini tutdi. Shu mantiqqa tayanilsa, XX asrda kechgan ijtimoiy-estetik jarayonlarga daxldorlik holatida o'zbek adabiy tanqidchiligi tarixining taraqqiyot yo‘lini quyidagi bosqichlarga bo‘lib o`rganish ma’qul: birinchi bosqich ~ yangi o‘zbek adabiy tanqidchiligining paydo bo'hshi va shakllanishi (1900—1927).

Ikkinchi bosqich - o‘zbek adabiy tanqidi mafkuraviylashtirish va realizm uchun kurash jarayonida (1928-1961). Uchinchi bosqich - tanqidda badiiyat va mahoratga e’tiborning kuchayishi (1962-1991). To‘rtinchi bosqich - o‘zbek tanqidchiligida istiqlol davri (XX asrmng 90-yillaridan keyingi davr). XX asr o‘zbek tanqidchiligi tarixining bunday davrlashtirish sabablari quyidagilardan iborat:7


1. Asr boshidan tanqidiy tafakkurda badiiy adabiyot va u orqali jadidchilik maqsadlarini ilgari suruvchi qarashlar paydo boldi. Sho’ro to‘ntaruvi bo‘lgani bilan uning g‘oyalari boshida tanqidchilikka faol ta’sir ko‘rsatganicha yo‘q. Taxminan 1927-yilgacha tanqidchilikda jadid maqsadlari ham, sho'roviy maqsadlar ham aralash-quralash ilgari surilib keldi. XX asming birinchi choragi tugash arafalarida O’zbekiston tanqidchiligida sho'ro siyosati kuchli hujumga o’tdi va tanqidchilikda yildan yilga o‘z manfaatiga mos o`zgarishlar yasay boshladi. Istiqlol, ozodlik g‘oyalari aks etgan asarlarga keskin xuruj olishiga qaramay, bu bosqich o‘zbek tanqidchiligining yuzini ko‘rsatuvchi V.Mahmudning bir qator maqolalar Oybekning «Cho'lpon. Shoirni qanday tekshirish kerak?» (1927) kabi program ahamiyatga ega maqolalar paydo bo‘ldi.
2. Dastlabki bosqich tugashi arafalaridayoq sho`ro siyosati va mafkurasini tanqidchilikda ham asta-sckin hukmronlikni o‘z qo`liga oldi. 1928-yildan tanqidchilikda sinfiylik va dunyoqarash masalasida, nihoyatda zararli va xato fikrlar ilgari surila boshladi. Bunday fikrlar partiyaviy hujjatlar bilan mustahkamlandi 1934-yildagi:Yozuvchilaming 1-syezdi sotsialistik realizm qonuniyatlarmi asoslab berdi. Tanqidchiligi mana shu jarayon ta’sirida qolishiga qaramay, sotsialistik realizm uchun kurashishiga qaramay, o'zining ilg`or vakillari qarashi misolida, umuman, realizm prinsiplarini aniqlash ustida jiddiy izlanishlar olib bordi. Bu izlanishlarning samaralari 30, 40, 50-yillar maqolalari va tadqiqotlaridagi muvaffaqiyatlar va xatolarda aniq namoyon bo‘ladi.
3. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan tarixiy va adabiymadaniy sharoitlarda o‘zbek tanqidchiligiga O.Sharafiddinov, M.Qo‘shjonov L.Qayumov, H.Abdusamatov, S.Mamajonov, N. Karimov. U.Normatov, N.Xudoyberganov kabi yangi kuchlar kirib keldi. Besh-olti yil mobaynida ular tanqidchilikning sifat jihatdan yangilanishiga o’zlarining samarali hissalarini qo'sha boshladilar. Bu hol ayniqsa, 60-yillarning avvaliga kelib, nashr etilgan O. Sharafiddinovning «Zamon. Qalb. Poeziya» nomli maqolalar to’plami hamda M.Qo'shjonovning «Abdulla Qodiriyning tasvirlash san`ati» nomli tadqiqotlarida yorqin namoyon bo`ldi. Ushbu manbalarda o’zbek tanqidchiligi badiiylik va mahorat muammolarini jiddiy va maxsus o’rganishga kirishilganini ko‘rsatgani bois, ular yaratilgan davrni o‘zbek tanqidchiligining burilish nuqtalaridan biri – tanqidchilikda yangi bosqich boshlangani sifatida e’tirof etish to’g‘ri bo‘ladi. Bu borada turli yo’nalishdagi izlanishlar istiqlol arafasigacha davom etdi.8
4 .Va nihoyat 1990-yil avvali - Mustaqillik davridan boshlab o`zbek tanqidchiligi barcha yo‘nalishlarda o‘zining yangi va istiqbolli taraqqiyot bosqichiga kirdi. Badiiy ijod haqidagi fikr-mulohazalar ilmiy-estetik tahlilda haqqoniy o‘z ifodasini topishi kerak. Bugun istiqlol mafkurasi har bir hodisaga xolis baho berishni talab qilyapti. Lekin afsuski, XX asr o’zbek adabiyoti, shu bilan birga. o‘zbek adabiy tanqidi o‘z rivojini 20-yillardan., aniqrog‘i, to‘ntarish ta'sirida boshladi degan qarash ayrim darslik, qo‘llanma,turli tadqiqotlarda hamon uchrab turdi. Bu to‘g‘ri emas, yoki eng kamida, eskirgan fikr. Ayniqsa, istiqlolgacha chop etilgan ishlarda shunday mulohazalarga duch kelgan hozirgi talabalar bu narsani e’tiborda tutishlari lozim bo’ladi. O‘zbek adabiyoti va tanqidchiligini tarixi endi sho‘rodan avvalgi va keyingi davrlaiga bo‘lib o'rganish eskirdi. XX a sr o’zbek adabiyoti tarixga bir butun adabiy hodisa deb, yaxlit tizim sifatida yondoshuv Iozim. Taraqqiyot va ichki imkoniyatlami namoyon eta olish masalasidan kelib chiqib hamda undagi sifat o'zgarishlarning nazarda tutilgani, shartli ravishda asr mobaynidagi ularning tarixiy yo’lini turli davr va bosqichlarga bo‘lib o'rganish maqsadga muvofiq ko‘rinadi. XX asrning, ayniqsa, birinchi choragida faol ijod etgan, 30-yillarda ham qator yetuk asarlar yaratgan, munavvar fikrlarni ilgari surgan,o`rni kelganda ba`zan yanglishgan, lekin millatga sadoqatini yo‘qotmagan Kamiy, Ajziy, Ibrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Majidiy, Sidqiy-Xondayqiy, Tavallo, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Vadud Mahmud, Abdurahmon Sa’diy, Sotti Husayn va boshqalar faoliyati, merosini, o‘rganish, shuningdek, alohida ilmiy tarixiy masalalarni qayta ko‘rib chiqish va baholash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Bu xususda «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» (B.Qosimov, Sh.Yusupov, U.DoIimov, Sh.Rizayev, S.Ahmedov) kabi darsliklar, dissertatsiyalar yozildi, ilmiy risolalar va to‘plamlar,adabiy-tanqidiy maqolalar e’lon qilindi. Bularku muhim va o‘rinli ishlar, davr adabiyotini butunicha olib tekshirish shu yo‘l bilan uning tarixiy taraqqiyot jarayonida tutgan o’rnini belgilashga xizmat qiladigan izlanishlar, biroq bular o’sha davr hayoti va adabiy-tanqidiy fikrini o‘rganish sohasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlarning namunasi emas. XX asr boshlaridagi adabiy hayot o'zbek adabiyoti tarixiy taraqqaiyotida qanday o‘rin tutishi, boshqa bosqichlardagi taraqqiyot jarayonidan qaysi va qanday xususiyatlari bilan farq qilib turishi jahon xalqlari adabiyotining shu davri bilan qiyosan ilmiy jihatdan aniq va tiniq ochilsa, ko‘p chigal muammolar jumladan, yozuvchi, shoirlar ijodini bor salobati va salmog‘i bilar, baholash: binobarin adabiy tanqidga doir qator muammolarmng yechimi ham istiqbolli yo‘nalish olgan bo‘lar edi.XX asr o’zbek tanqidchiligidagi adabiy-tanqidiy maqola va taqrizlar dastlab «TVG» («Turkiston viloyatimng gazeti»)da bosilgan deyilsa-da, uning ayrim namunalari XIX asming oxirlandan chop etila boshlanganini kuzatish mumkin. «Osiyo» gazelasida, «Teatr», «Oyina* jurnalida «Teatr nadur» «Turkiston viloyatining gazeti»da Teatr foydasi kabi maqolalar shu vaqtgacha, asosan, tatar, ozarbayjon, rus dramalari haqida ayrim realistik unsurlaming chuqurlashuvida inuayyan roi o‘ynadi. Davr talabi va undagi tanqid ko'zining ochiia borishi bois xalq orzularini har tomonlama aks ettirish adabiyotda asosiy mavzuga aylandi.9 Ammo davr adabiyotiga toMiq va yetarli balio berishga o'sha zamondagi adabiy tanqidning kuchi yetmas edi. Adabiy tanqid bu vaqtda hali san’at, mnsiqa, til, madamvat, ijtimoiyot. tarix muammolari xususidagi mulohazalar doirasida qorishiq holda kechdi. 20-yillarnmg ikkinchi yarmidan adabiy tanqid ancha jonlandi. 30-yiliardan adabiyot butunlay mafkuralasha borgani sari tanqidning ham ko-plab imkoniyatlari qo'ldan ketdi. To‘g‘ri, bu davrda ham qator go`zal asarlar yaratildi, lekin bundan qat’i nazar «Sovet tuzumi unmg arkschaenincha mafkurasi, shubhasiz, adabiyotimizning kamoliga katta zarar keltirdi» Tanqidchilik bu davrda katta iztiroblar bilan aynm haqiqatjarni so ‘zlashga intiisa-da, asar mohiyatini, badiiyatini io g ri ochishga harakat qilsa-da, kundan kunga adabiyotshunoslikilmida jadid adabiyoti va uning namoyandalari hayoti, ijodichetlab o tila boshlandi. Aksar hollarda esa, ularning hayoti, dunyoqarashi, ijodi buzib ko‘rsatildi. Partiyaviylik va sinfiylik degan talab tanqid va adabiyot boshiga tushgan balo bo‘ldi. Natijada XX asrboshlarigacha o zbek adabiyoti bilan undan keyingi davrdagi adabiyoto ‘rtasida katta o ‘piriIishlar va uzilish yuzaga keldi; sho‘roni uluglovchi asarlargina ko kka ko‘tarila boshlandi. Shunday ekan, bu davr adabiyotini,tanqidchiligini barcha murakkabliklari bilan yoritish. Barcha ijodkorlaming badiiyiik mezonlariga javob beradigan asarlarini chop ctish, o ‘zbek mumtoz adabiyotiga tutashtiruvchi ko‘prikni tiklash zarur edi. Xuddi shu boradagi xayrli ishlarni E.Karimov va B Qosimov Kabi adabiyotsliunosiar boshlab berdilar.O`zbek adabiy lanqidining shakllanishitia matbuotning roli.Tanqidning muhim xususiyatlaridan biri uning publitsistik mhi yokipubiitsistika bilan chambarchas aloqasidir. Adabiy jarayon hodisalari va shu kunning ayrim asarlarini tahlil etib, qimmatli fazilatlarini keng ommaga tushuntirib berish asosida uning estetik didini tarbiyalashga mo ijallangan tanqid o ‘z o ‘quvchisiga, asosan, matbuot — gazeta va jumallar orqali murojaat ctadi. V. Belinskiy o‘z davridayoq. » «Tanqid allaqachon bizning omnianing ehtiyoji bo‘lib qoldi. Hechbir jumal yoki gazeta tanqid va bibliografia bo`limimisiz yashay olmaydi», deb yozgan edi. . .XIX asrning so'nggi choragi va XX asr boshlanda Turkistondao ‘zbek rnilliy vaqtli matbuoti tug‘ildi va tez sur’atlar bilan nvojlana bordi. Vaqtli matbuotning tug‘ilishi, rivoj topishi bilan o amizningdastlabki milliy jumalistlarimiz yetishib chiqa boshladi. 1883-yildanchop etila boshlangan «Tarjumon» gazelasi jumladan o zbek madaniyatisan’ati, adabiyoti bilan birga, tanqidchilikning yuzaga kehshidamuhim o'rin tutadi. Shu o ‘rinda «Turkiston viloyati gazetaswmng vetakchi belgilari haqida to‘xtalinish joizdir. Unda «O sh shahn xususidagi risola» haqida bosilgan taqriz, aytish mumkinki, shu janrning bizdagi dastlabki namunalaridan biridir. Gazeta isyonkor o ‘zbek shoiri Boborahim Mashrab ijodiyotiga oid maqola bilan malbuot sahifalaridagi o‘zbek adabiyotshunosligiruknini boshladi.10 1907-yildan unda M.Behbudiyning maqola va ocherklari nashr etildi.Gazeta XIX asrning oxjrgi choragida o zbek demokrat shoirlari Furqat va ttorxonni. Muqimiy, Nodim, Rojiy, Ibrat, Behbudiy, Hoji Muin, Vashy, Ibrohim avron M.Shermuhammedov, M.So‘fizoda, Tavalio, A.Zohiriy,A. Qodiriy (Julqunboy) kabi ijodkorlarni to‘pladi. Ularningaksan tanqidchilik bilan ham shugHillanib, adabiy jarayonda faoihk ko rsatdi.Garchi missionerlik maqsadi asosida ish ko`rsa-da. muhamr N.P Ustroumovo ‘zbek adabiyoti namunalari va ular haqidagi maqolalargamuavyan sahifalar ajraldi. Chunonchi, «Padarkush» dramasi sahnalashtiriiishi munosabati bilan 1914-yilda o‘zbek leatnga sahna asarlarigabag‘ishlangan qator taqrizlar e’ion qihndi. Bu jihatdan Muinning «Yangi asar” nomli maqolasi diqqatni tortadi. Unda «Padarkush» fojeasi kitob holida bosmadan chiqqanhgi aytihb, asar mazmuni bayon qilinadi. Taqrizda Behbudiy asan o`zbek dramasining qaldirgloch namunasi sifauda baholanar ekan, unmg xalqmadaniy, ma’rifiy tafakkuri rivojiga ahamiyati ta’kidlanadh M. Shermuhammeduv ham maqolalarimng binda bu fojia haqida iiobiy fikrlar bildiradi, xalqni «Padarkush»m o ‘qishga chorlaydi. TVG»ning 1914-yil 71 -sonida Mirmuhsmmng «Sabzazor risolasi”nomli maqolasi e’lon qilinadi. Undato‘plam mundanjasi, qatnashgan shoirlar, larning davr adabiy arayomda tutgan o`ri haqida ma lumotlarbcriladi. Vasliy ijodiga bag‘ishlangan maqola Mirn-.uhsinning tanqidchilik ste’dodidan darak beradi. Undagi aksar she’rva maqolalar Ostroumov «buyurtma»si bilan yozilib bosildi.Bu davrga kelib, Turkistonda bir qator o‘zbekcha gazetalar nashrctila boshlandi. «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat»,»Sadoi Turkiston»kabi gazetalaming paydo bo‘lishida M.Behbudiyiiing ustozi, jadidchilikharakatining asoschisi I.G‘aspirali tashkil etgan «Tarjumon» gazetasining ta’siri beqiyosdir. nashr etildi.


Download 72.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling