Mavzu: din madaniyat fenomeni. Jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom dini). Diniy mutaassiblik va dindorlik. Reja
Download 182.5 Kb.
|
21 mavzu. Din madaniyat fenomeni. Jahon dinlari (Buddizm, Xristianlik, Islom dini). Diniy mutaassiblik va dindorlik — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Katolik oqimi.
- 3. Protestantizm dini.
- Johiliya.
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
2. Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katoliklardir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo’lgan. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir. Katolitsizm xristianlikning yo’nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. 3. Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi. Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba qilmoqdadir. 1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi. Johiliya. Bu so’z arab tilida (jahula-bilmaslik) johillik, bilimsizlik, nodonlik ma’nosini beradi. Johiliya so’zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya - ko’pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan bo’lib, islom dini ularga chek qo’ydi. Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atashgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar ko’pxudolik hukm surardi. Arablarning eng qadimgi dinlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm va o’tmish avlodlarga sig’inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko’p arab qabilalarining nomini keltirish kifoya; asad (arslon), kalb (it), bakr (bo’taloq), sa’lab (tulki), zi’b (bo’ri) va h.k. Arabistonda har xil xudolarning timsoli - sanamlar qachon paydo bo’lganligi haqida konkret tarixiy ma’lumotlar yo’q. Harqalay, but-sanamlarga sig’inish - dinning yangi bosqichi bo’ldi. Eramizdan avvalgi VIII asrdayoq har bir arab qabilasining o’z sanami bo’lgan. Ikki qabila urushidan so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba’zida g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanami yoki sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’ba sanamlarning panteoniga (to’plangan joyiga) aylanib qoldi. Islom arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o’z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo’li bilan ishqab, so’ng yo’lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi. Ibn al-Asirning uqtirishicha, 630 yili Muhammad s.a.v. Makkani zabt etganlarida Ka’ba ichida 360 ta sanamni ko’rganlar va ularni sindirib tashlashni buyurganlar.3 Sanamlarning soni uchun bu raqam juda katta ko’rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo’lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo’yilgan bo’lishi mumkin. Ibn al-Kalbiyning arab ko’pxudoligiga bag’ishlangan «Kitob al-asnom» asarida tilga olingan datlabki 5 sanamning nomi (Vadd, Suvo’, Yag’us, Ya’uq, Nasr) Qur’onda ham zikr qilingan (Nuh, 22-23-oyatlar). Ularning tasviri ko’pchilikka ma’lum edi. Vadd – erkak kishi, Suvo’ – ayol kishi, Yag’us – sher, Ya’uq - ot va Nasr – burgut qiyofasida ifodalanar edi. Qur’onda zikr qilingan eng qadimgi sanamlar jumlasiga Manot, Allot va al-’Uzza ham kiradi. Johiliya arablarining tasavvurida bu uchchala sanam ham ayol xudolar bo’lgan. Islom vujudga kelishi arafasida Janubiy Arabiston aholisining etiqodida katta o’zgarishlar yuz berdi. Arabiston yarim orolining janubida ham, shimolida ham aksariyat aholi har xil but-sanamlarga sig’inardi, ya’ni ko’pxudolik e’tiqodida edi. Ammo arablarning butparastligi faqat totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy, ilk din shakllari emas, balki uzoq yo’lni bosib o’tgan, nisbatan rivojlangan ko’pxudolik edi. Islomdan oldin Arabistonning ko’p joylarida yahud jamoalari mavjud bo’lgani haqida ma’lumotlar ko’p. Yahudlar bilan birga Arabiston yarim oroliga yahudiy dini ham kirib keldi. Arabiston yahudiylar haqida, asosan, Qur’on, Hadis, Tafsir, Sira va ahborlar kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (er.av.555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, eramizdan avvalgi 552-542 yillar Shimoliy Arabistondagi Teyma shahrini o’ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o’zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko’chirgan; ular orasida ko’pchilikni yahudlar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (er.av. 586 y.) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir qilib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgandi. Shundan so’ng ham ba’zi yahudlar Falastinga qaytmay Bobilda kolib ketganlar. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling