Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Foydalanish uchun internet resurslari


Download 174.53 Kb.
bet36/40
Sana09.10.2023
Hajmi174.53 Kb.
#1696230
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja-fayllar.org

Foydalanish uchun internet resurslari: 
1.https://uz.wikinlu.ru/wiki/multilevel_model 
2.https://fayllar.org/makroiqtisodiyot.html?page=9 




Mavzu 7. Pul va inflyatsiya 
Reja
1. Pulning miqdoriy nazariyasi. Fisher samarasi. Senoraj. Fridman modeli.
2. Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi.
3. Pulning funksiyalari, ularning ko’rinishlari Pul agregatlari. Likvidlilik. Pulning
miqdoriy tenglamasi
1.Pulning miqdoriy nazariyasi. Fisher samarasi. Senoraj. Fridman modeli.
Pulning kelib chiqishiga oid ilmiy adabiyotlardagi tadqiqotlarda to’rtta asosiy
yondashuv ko’rsatilgan, bular: tovar, metall, nominalistik va miqdoriy nazariyalardir.
Evolyusion yondashuv qarashlarga muvofiq, pulning tovar nazariyasi tovar ishlab
chiqarish qonuniyatlari orqali tushuntirganligi sababli mantiqiy va ilmiy jihatdan
asoslangan xisoblanadi. XX asr boshlarida L.Mizesning izlanishlari natijasida
funksional nazariyaning psixologik varianti vujudga keldi, unga muvofiq pulning
qiymati bahoda aks etgan bo’lib, qiymat pulga bo’lgan talab va muomaladagi pul
massasi orasidagi munosabatga bog’liq bo’lishini asoslashga harakat qilishgan. Shunday
qilib, pulning funksional nazariyasini psixologik varianti asoschilari tomonidan pulning
miqdoriy nazariyasiga o’tishning uslubiy jihatlariga asos solishgan. Pulning miqdoriy
nazariyasi XIX-XX asrlarda shakllangan va iqtisodiy nazariyada hozirgi vaqtda ham
yetakchilik qilib kelmoqda. Pulning miqdoriy nazariyasi tovarlarning bahosi bilan
muomaladagi pul miqdori orasida mavjud degan gipotezaga asoslanadi. Undan tashqari,
pulning xarid qobiliyati bozordagi talab va taklif orqali aniqlanadi degan g’oyani ilgari
surishgan. Ushbu g’oyalardan pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlari tomonidan
asoslangan quyidagi yo’nalishlar o’z aksini topgan. Birinchidan, tovarlar bahosi bilan
muomaladagi pul miqdori o’rtasida to’g’ri proporsional bog’liqlik mavjud, ikkinchidan,
pulning harid qobiliyati uning miqdoriga teskari proporsionaldir. Shu sababli pulning
miqdoriy nazariyasi tarafdorlari pulning asosiy funksiyasi muomala funksiyasi degan
xulosani ilgari surishgan. Baholar darajasining qimmatbaho metallar miqdoriga
bog’liqligi to’g’risidagi fikrni Jan Boden ilgari surgan. Pulning miqdoriy nazariyasini
XVIII asrda D. Yum, Dj. Mill, va Sh. Montreskye rivojlantirishgan. D. Yum tovarlar
bahosi doimo muomaladagi pul miqdoriga bog’liqligini aytgan. Klassik iqtisodiy
nazariya namoyondalari orasida pulning miqdoriy nazariyasi xususida D.Rikardo
chuqur tahlil olib borgan. Uning fikriga ko’ra, pulning qadri uni ishlab chiqarishga
ketgan mehnat sarflari bilan o’lchanadi, ammo vaqt o’tishi bilan pulning miqdori o’sishi
oqibatida uning qiymati pasayishi mumkin
Zamonaviy iqtisodiy nazariyada pulning miqdoriy nazariyasi xususida ikkita bir-
biriga muvofiq keluvchi varianti mavjud bo’lib birinchi varianti tranzaksion yo’nalish,
ikkinchisi kembridj yo’nalishi. Tranzaksion yo’nalish XX asr boshlarida Irving Fisher
tomonidan taklif etilgan va XX asrning ikkinchi yarimida Milton Fridmen tomonidan
rivojlantirilgan. Ushbu usul asosida almashuv tenglamasi yoki Fisher formulasi yotib, u
quyidagicha ifodalangan MV=PQ. Pulning tovar tabiatini inkor etish I.Fisher
nazariyasining uslubiy asosini tashkil etgan. U muomaladagi naqd pullar, pulning



aylanish tezligi, baholarning o’rtacha tortilgan darajasi, tovarlar miqdori, bank


depozitlari va depozit-chek aylanish tezligi orqari aniqlanadigan pulning harid quvvatini
tan olgan. I.Fisher qisqa muddatli davrlar uchun ishlab chiqarish hajmi (Q) va pul
aylanishi tezligi (V) barqarorligi tufayli, pul massasi (M) va baholar (P) o’rtasida to’g’ri
proporsional bog’liqlik mavjud deb xisoblagan.
M.
Fridmen
miqdoriylik
nazariyasini
pullarga
bo‘lgan
talab
nazariyasi
ekanligini
o‘zining
ilmiy
izlanishlarida
e’tirof
etgan.
Shu
jihatdan
olganda,
pullarga
bo‘lgan
talab
konsepsiyasi
monetarizmning
asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. M. Fridmenning pullarga talab nazariyasida pullarga bo‘lgan nominal talab
nominal
daromad
va
nominal
foiz
me’yorining
funktsiyalari
sifatida
ifodalanadi:
+ - Md= f (Yn, i), bunda:
Md — pullarga bo‘lgan nominal talab;
Yn — nominal daromad;
i — nominal foiz me’yori.
Yuzaki
qaraganda
ushbu
tenglama
J.
Keynsning
pullarga
bo‘lgan
talab
nazariyasini
eslatadi.
Buning
sababi
shundaki,
J.
M.
Keynsning
pullarga
talab
konsepsiyasida
talab
foiz
me’yorining
dinamikasi
asosida
aniqlanadi.
J.
Keyns
va
uning
izdoshlari
foiz
stavkasini
pullarga
bo‘lgan
talab va taklifni tenglashtiruvchi miqdor, deb hisoblaydilar.
J. M. Keynsning nazariyalarida pullarga ishlab chiqarishning endogen omili sifatida qaraladi24 va
pullarni
likvidli
aktiv
sifatida
saqlashning
sub’ektiv
asoslari
tahlil
qilinadi.
Tahlil
jarayonida
asosiy
e’tibor
ishlab
chiqarish
jarayonining
uzluksizligini
ta’minlashda
pul
mablag’laridan foydalanishga qaratildi. J. Keynsning pullarga talab nazariyasida foiz stavkasi muhim o‘rin
egallab, foiz stavkalariga ta’sir etish yo‘li bilan ishsizlik darajasi va iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir qilish
mumkin, deb hisoblaydi.

Download 174.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling