Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.

APC=------------x100 
Yd 
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha 
moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha
moyillik deb ataladi, ya’ni: 

APS=-----------x100 
Yd
 
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik. 
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka 
va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun 
iste’molga o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78foiz yoki 0,98;
APS = (495 / 530) x 100 = 93,39foiz yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar 
miqdori ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va 
aksincha jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy 
psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior 
tasavvurlarga ko‘ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib 
shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab o‘rganish asosida biz to‘liq 
ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar 
daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini oshirishga moyillar
ammo daromadlari o‘sgan darajada emas”
5

Soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol 
qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg‘ariladi, shu tufayli ham iste’molga va 
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik yig‘indisi 100 foiz ga yoki koeffitsient 
ko‘rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100foiz yoki 1.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o‘sgan qismini yo iste’mol qiladi, 
yoki jamg‘aradi. Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib chiqargan 
tasarrufidagi daromad o‘zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik 
deyiladi
6
.
30

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling