Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
Pul agregatlari
Pul agregatlari pul massasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Har qanday Markaziy bank pul agregatlarini shakllantirishda quyidagi pintsiplarga asoslanadi: 1. Pul agregatlari likvidlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarga likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarni ketma- ket qo‘shib borish yo‘li bilan shakllantiriladi. 2. Har bir pul agregati o‘zidan oldingi pul agregatini o‘z ichiga oladi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan pul agregatlariga kiradi: M0 – muomaladagi naqd pullar; M1 = M0 talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l cheklari; M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari; M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari. Qayd etish joizki, AQSh bank amaliyotida pul massasini tavsiflash maqsadida quyidagi pul agregatlaridan foydalanilmoqda: M0 - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar; M1 - M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari + kredit kartochkalari; M2 - M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari + pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar + qisqa muddatli REPO bitimlari + yevrodollardagi depozitlar; M3 - M2 + yirik summadagi depozit sertifikatlari + moliya bozorlarida muomalada bo‘lgan o‘zaro fondlarning pul mablag’lari + muddatli REPO hisobarqamlari + yevrodollardagi muddatli shartnomalar; L – M3 davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari + korporativ qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank aktseptlari. Document Outline
Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling