Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Ko'p darajali modelni ishlab chiqish
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
Ko'p darajali modelni ishlab chiqish
Ko'p darajali model tahlilini o'tkazish uchun avval belgilangan koeffitsientlardan (qiyaliklar va tutilishlar) boshlash kerak. 3.Kapitalning istalgan zaxiralariga moslashish xarajatlarini hisobga olish modeli. Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarishning ma‟lum bir bosqichlarida sof sotish qiymati bo„yicha hisobga olinadi. Bu, masalan, qishloq xo„jaligida don mahsulotlari yig„ib olingandan keyin yoki foydali qazilmalar qazib olingandan keyin ularning sotilishi forvard shartnomasi yoki davlat kafolati ostida kafolatlanganida yoki ular bo„yicha faol bozor mavjud bo„lganida va sotilmaslik riski sezilarsiz darajada kam bo„lganida yuz beradi. Bunday TMZlarga nisbatan mazkur standartning faqatgina baholash bo„yicha talablari qo„llanilmaydi. Broker-treyderlar – o„z hisobidan yoki boshqa tomonlar nomidan tovarlarni sotib oluvchi yoki sotuvchi shaxslardir. 3 (b) bandda izohlangan TMZlar, asosan, yaqin kelajakda sotish va narxlardagi o„zgarishlardan foyda olish yoki brokertreyderlarning marjasi hisobiga foyda ko„rish maqsadida sotib olinadi. Agar ushbu tovar-moddiy zaxiralar sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo„yicha baholanadigan bo„lsa, ularga nisbatan ushbu standartning faqat baholash bo„yicha talablari qo„llanilmaydi. Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma‟nodagi atamalardan foydalaniladi: Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi aktivlardir: (a) odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo„ljallangan ; (b) bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo„lgan; (d) ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko„rsatilishida foydalanilishi ko„zlangan xomashyo va materiallar ko„rinishidagi aktivlar. Sof sotish qiymati odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish bo„yicha xarajatlar va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan va taxminiy baholangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Haqqoniy qiymat baholash sanasida bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo„lgan yoki majburiyatni o„tkazishda to„lanishi mumkin bo„lgan narxdir (13-sonli MHXS “Haqqoniy qiymatni baholash‖ ga qarang). Sof sotish qiymati tushunchasi tadbirkorlik subyektining odatdagi faoliyati davomida tovar-moddiy zaxirani sotishdan olinishi mo„ljallangan sof summani anglatadi. Haqqoniy qiymat – baholash sanasida, TMZni xuddi shunday TMZ sotiladigan asosiy bozorda (yoki eng katta manfaat keltiradigan bozorda) sotish bo„yicha bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi operatsiya amalga oshirilishi mumkin bo„lgan bahoni aks ettiradi. Birinchisi ‒ tadbirkorlik subyektiga xos qiymat; ikkinchisi esa yo„q. Tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng bo„lmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan va qayta sotish uchun mo„ljallangan tovarlarni qamrab oladi, masalan chakana savdo tashkiloti tomonidan sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanadigan tovarlar yoki qayta sotish uchun mo„ljallangan yer va boshqa mulklar. Tovar-moddiy zaxiralar jumlasiga, shuningdek, tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo„ljallangan xomashyo va materiallar kiradi. Xizmat ko„rsatish tashkilotlari uchun tovar-moddiy zaxiralariga 19-bandda izohlanganidek, xizmat ko„rsatish bo„yicha xarajatlar ham, ular bilan bog„liq bo„lgan daromadlar haligacha tan olinmagan bo„lsada, kiradi (18-sonli BHXS “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad‖ga qarang). Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo„lsa, o„sha bo„yicha baholanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim Sotib olish xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektiga keyinchalik qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog„liq boshqa jami xarajatlar kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim. Qayta ishlash xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog„liq xarajatlar, masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan doimiy va o„zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari ‒ ishlab chiqarish hajmidan qat‟iy nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va uskunalarining eskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni boshqarish xarajatlari. O„zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki deyarli to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va bilvosita mehnat xarajatlari. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlarining qayta ishlash tannarxiga olib borilishi ishlab chiqarish obyektlarining normal quvvatiga qarab belgilanadi. Normal quvvat ‒ bir nechta davr yoki mavsumlar davomida normal sharoitda, rejalashtirilgan ta‟mirlash natijasidagi ishlab chiqarish hajmdagi yo„qotishlarni hisobga olgan holda o„rtacha erishilishi kutilgan ishlab chiqarish hajmidir. Agar u normal quvvatga taxminan teng bo„lsa, normal quvvat sifatida haqiqiy ishlab chiqarish hajmini olish mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulot birligi tannarxiga kiritiladigan doimiy ustama xarajatlarning summasi ishlab chiqarishning pasayishi yoki to’xtashi natijasida oshmaydi. Tannarxga kiritilmagan ustama xarajatlari ular kelib chiqqan davrda xarajatlar sifatida tan olinadi. Ishlab chiqarish darajasi haddan tashqari yuqori bo„lgan davrlarda, ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan doimiy ustama xarajatlar kamayadi va buning natijasida tovar-moddiy zaxiralar tannarxdan yuqori baholanmaydi. O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqatda foydalanishga qarab ishlab chiqariladigan mahsulot birligi tannarxiga olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayoni natijasida bir vaqtning o’zida birdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holat, masalan, birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki asosiy va qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarilishida yuzaga kelishi mumkin. Agar har bir mahsulotning qayta ishlash xarajatlarini alohida aniqlash imkoni bo’lmasa, bu xarajatlar mahsulotlar o’rtasida mutanosib va izchil ravishda taqsimlanadi. Taqsimotni, masalan, har bir mahsulotning umumiy sotish qiymatidagi ulushi asosida, mahsulotlarni alohida ajratish mumkin bo„lgan ishlab chiqarish jarayoni bosqichida yoki ishlab chiqarish tugallanganida amalga oshirish mumkin. Ko’pgina qo’shimcha mahsulotlar o’z xususiyatlariga ko’ra muhim darajada bo’lmaydi. Bunday hollarda, ular ko’pincha sof sotish qiymati bo’yicha baholanadi. Buning natijasida, asosiy mahsulotning balans qiymati uning tannarxidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Boshqa xarajatlar. Boshqa xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina kiritiladi. Masalan, noishlab chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o„rinli bo„lishi mumkin. Tovar- moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi: (a) me‟yoridan tashqari sarflangan xomashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi; (b) saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari uchun talab etilmasa; (d) tovar-moddiy zaxiralarni hozirgi paytdagi joylashishi va holatiga keltirish bilan bog„liq bo„lmagan ma‟muriy ustama xarajatlar; (e) sotish xarajatlari. 23-sonli BHXS “Qarzlar bo‗yicha xarajatlar‖ olingan qarzlar bo„yicha xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini belgilaydi. Tadbirkorlik subyekti tovar-moddiy zaxiralarni to„lov muddatini uzaytirib to„lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish elementini o„z ichiga olsa, bu element, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish narxi va to„lov summasi orasidagi farq ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari sifatida tan olinishi shart. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarda tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega bo„lganida, ular bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu xarajatlar, asosan, xizmat ko„rsatishda bevosita band bo„lgan xodimlar, shu jumladan, ularni nazorat qiladigan xodimlar bilan bog„liq bo„lgan mehnat haqi va boshqa xarajatlar, hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band bo„lgan va umumiy ma‟muriy xodimlarga tegishli bo„lgan mehnat haqi va boshqa xarajatlari tannarxga kiritilmaydi va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi. Aksariyat hollarda, xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga ular tomonidan xizmat narxiga kiritiladigan foyda me‟yori yoki taqsimlanmaydigan ustama xarajatlar kiritilmaydi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling