Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Мавзу 1.

2.Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi. 
 
 Inflatsiya 
(«inflation») 
italyancha 
«inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘rtish, ko‘tarilish» ma’nosini 
anglatib, umumiy narxlar darajasining barqaror o‘sish tendensiyasini 
bildiradi. Inflatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi - inflatsiya sur’ati yoki darajasi 
(rate of inflation - π) hisoblanib, u joriy va oldingi yil narxlar darajasi 
foizdagi farqining oldingi yil narxlar darajasining foiziga nisbati va 100%ga 
ko‘paytirish orqali aniqlanadi: 


Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha 
turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi) 
bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya, 
sakrab 
chopuvchi 
inflatsiya, 
yuqori 
darajadagi 
inflatsiya 
va 
giperinflatsiya. 
Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib xizmat 
qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov 
qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati 
yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini 
anglatadi. 
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:
1)yalpi talabning ortishi;
2) yalpi taklifning kamayishi.
Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra 
inflatsiyani ikki turga ajratadilar:
a) talab inflatsiyasi
b) xarajatlar inflatsiyasi.
Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) 
nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar 
tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar 
taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng 
qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham 
(chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni 
musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal 
yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa 
muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, 
uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy 
(potensial) hajmiga teng bo‘ladi. Talab inflatsiyasi va xarajatlar 
inflatsiyasining birlashuvi natijasida inflatsion spiral hosil bo‘ladi. Faraz 
qilaylik, 
markaziy 
bank 
pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi 
talab egrisi AD

o‘ngga, ya’ni AD

ga siljiydi. Natijada narxlar darajasi R

dan R

ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi 
sababli (masalan, W
1
), bunday holatda real daromadlar 
pasayadi (real daromad = 
nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real daromadlar shunchalik 
past bo‘ladi). 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling