Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Investitsiyalarning neoklassik modeli
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
1. Investitsiyalarning neoklassik modeli.
Bozor munosabatlari sharoitida investisiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog’ozlar bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investisiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli hamda qisqa muddatli omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Investisiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar: ishlab chiqarish ko’lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integrasiya jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog’liq. Investisiya bozori bu - mablag’lar aylanishini tashkil etishning o’ziga xos shakli bo’lib, u qimmatli kog’ozlar, pul va investisiya ko’yish kabi ko’rinishlarda amaliyotda ko’llaniladi. Investisiya bozori milliy iqtisodiyotining muhim tarkibiiy qismi bo’lib, u kengaytirilgan kayta ishlab chiqarish jarayoni va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. Uning vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining barqarorligi, rivojlangan institusional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining barqarorligiga bog’liq bo’ladi. Rivojlangan bozor xo’jaligining investisiya bozorida bank muassasalari bilan bir qatorda moliyaviy mahsulotlar bilan ta’minlovchi boshqa moliya muassasalari ham mavjud bo’lishi lozim. Rivojlanayotgan moliya tizimida qimmatli qog’ozlar bozori muhim rol o’ynaydi. Hissadorlik mulkini xususiylashtirishga, davlat byudjetini pul massasini oshirmasdan to’ldirishni ta’minlashga bo’lgan intilishlar, uning ahamiyatini yanada oshiradi. Investisiya bozorining rivojlanishi ixtiyoriy turdagi jamg’armalar, xususan, kishilar hayoti va mulkni sug’urta qilish bilan shug’ullanuvchi muassasalarning ko’plab tuzilishiga zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Moliya muassasalari iqtisodiy bitimlarga doir to’lov usullarini yaratdi, moliyaviy vositalar esa likvidlik va jamg’arish imkoniyatlarini yaratib beradi. Investisiya bozorinint rivojlanishi omonatchilar mablag’larining sarmoyadorlarga erkin tarzda oqib kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Moliya tizimini isloh qilish ko’p jihatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi foiz stavkalari miqdoriga ham bog’liq. Foiz stavkalari o’z navbatida moliya bozorining rivojlanishiga bog’liq. Investisiya bozoridagi raqobat bozorning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo’lgan talab va taklifning o’zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita hisoblanadi. Foiz stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining rivojlanishiga va moliya resurslarining joylashuviga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Agar foiz stavkalari bozornikidan past bo’lsa, bu milliy valyutadagi jamg’armaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga ham ta’sir etib, moliyaviy vositachilik samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Aksincha, agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori bo’lsa, u holda ular makroiqtisodiy yeqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy tartibsizlikka olib keladi. Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek, shakllanayotgan investisiya bozorining real shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ularni o’zgartirish dasturi investisiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir. Iqtisodiyot bilan bog’liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiqdir. Faqat shunday usul bilan investisiya bozorida samaradorlikni oshirish va barqarorlikka erishish mumkin. Investisiya bozori rivojlanishining asoslaridan biri bo’lgan marketing dasturi va uning asosiy yo’nalishlari rejalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish zarur. Marketing tadbirlarini ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bankning oldida turgan vazifalar aniqlanishi va ularning to’g’ri ifodalanishi asosiy yo’nalishlarga doir harakat rejasini ishlab chiqishning asosini tashkil qilishi kerak. Korxonaning asosiy fondlariga investitsiyalarning andozaviy modeli investitsi yalarning neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarla rga ega bo’lgan firmalarning foyda va xarajatlari ko’ribchiqiladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling