Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflatsiya turlari.
2.Inflyatsion xarajatlar. Klassik dixotomiya. Inflyasiya darajasi.
Inflatsiya («inflation») italyancha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘rtish, ko‘tarilish» ma’nosini anglatib, umumiy narxlar darajasining barqaror o‘sish tendensiyasini bildiradi. Inflatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi - inflatsiya sur’ati yoki darajasi (rate of inflation - π) hisoblanib, u joriy va oldingi yil narxlar darajasi foizdagi farqining oldingi yil narxlar darajasining foiziga nisbati va 100%ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi) bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya, sakrab chopuvchi inflatsiya, yuqori darajadagi inflatsiya va giperinflatsiya. Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib xizmat qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini anglatadi. Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi: 1)yalpi talabning ortishi; 2) yalpi taklifning kamayishi. Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra inflatsiyani ikki turga ajratadilar: a) talab inflatsiyasi b) xarajatlar inflatsiyasi. Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y) nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi. Muomaladagi pullar tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining ortishi qisqa muddatda ham (chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa, uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining tabiiy (potensial) hajmiga teng bo‘ladi. Talab inflatsiyasi va xarajatlar inflatsiyasining birlashuvi natijasida inflatsion spiral hosil bo‘ladi. Faraz qilaylik, markaziy bank pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi talab egrisi AD 1 o‘ngga, ya’ni AD 2 ga siljiydi. Natijada narxlar darajasi R 1 dan R 2 ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi sababli (masalan, W 1 ), bunday holatda real daromadlar pasayadi (real daromad = nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, real daromadlar shunchalik past bo‘ladi). Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling