Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


 Investitsiyalarning neoklassik modeli


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.

1. Investitsiyalarning neoklassik modeli. 
Bozor munosabatlari sharoitida investisiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog’ozlar 
bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investisiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli 
hamda qisqa muddatli omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Investisiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar: ishlab 
chiqarish ko’lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi va integrasiya 
jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog’liq. Investisiya bozori bu - mablag’lar aylanishini tashkil etishning 
o’ziga 
xos 
shakli 
bo’lib, 

qimmatli 
kog’ozlar, 
pul 
va 
investisiya 
ko’yish 
kabi
ko’rinishlarda amaliyotda ko’llaniladi. Investisiya bozori milliy iqtisodiyotining muhim tarkibiiy qismi bo’lib, u 
kengaytirilgan kayta ishlab chiqarish jarayoni va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. Uning 
vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining 
barqarorligi, rivojlangan institusional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining 
barqarorligiga 
bog’liq 
bo’ladi.
Rivojlangan bozor xo’jaligining investisiya bozorida bank muassasalari bilan bir qatorda moliyaviy mahsulotlar 
bilan ta’minlovchi boshqa moliya muassasalari ham mavjud bo’lishi lozim. Rivojlanayotgan moliya tizimida 
qimmatli qog’ozlar bozori muhim rol o’ynaydi. Hissadorlik mulkini xususiylashtirishga, davlat byudjetini pul 
massasini oshirmasdan to’ldirishni ta’minlashga bo’lgan intilishlar, uning ahamiyatini yanada oshiradi. 
Investisiya bozorining rivojlanishi ixtiyoriy turdagi jamg’armalar, xususan, kishilar hayoti va mulkni sug’urta 
qilish 
bilan 
shug’ullanuvchi 
muassasalarning 
ko’plab 
tuzilishiga 
zarur 
shart-sharoitlarni
yaratib beradi. Moliya muassasalari iqtisodiy bitimlarga doir to’lov usullarini yaratdi, moliyaviy vositalar esa 
likvidlik 
va 
jamg’arish 
imkoniyatlarini 
yaratib 
beradi. 
Investisiya 
bozorinint 
rivojlanishi
omonatchilar mablag’larining sarmoyadorlarga erkin tarzda oqib kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
ta’minlaydi. Moliya tizimini isloh qilish ko’p jihatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi foiz 
stavkalari miqdoriga ham bog’liq. Foiz stavkalari o’z navbatida moliya bozorining rivojlanishiga bog’liq. 
Investisiya bozoridagi raqobat bozorning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo’lgan 
talab va taklifning o’zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita hisoblanadi. Foiz 
stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining rivojlanishiga va moliya resurslarining joylashuviga hal qiluvchi 
ta’sir ko’rsatadi. Agar foiz stavkalari bozornikidan past bo’lsa, bu milliy valyutadagi jamg’armaga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga ham ta’sir etib, moliyaviy vositachilik 
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Aksincha, agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori bo’lsa, u holda ular 
makroiqtisodiy yeqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy tartibsizlikka olib keladi. 
Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek, shakllanayotgan investisiya bozorining real shart-sharoitlarini 
hisobga olgan holda ularni o’zgartirish dasturi investisiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir. Iqtisodiyot bilan 
bog’liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib 
borish maqsadga muvofiqdir. Faqat shunday usul bilan investisiya bozorida samaradorlikni oshirish va 
barqarorlikka erishish mumkin. Investisiya bozori rivojlanishining asoslaridan biri bo’lgan marketing dasturi va 
uning asosiy yo’nalishlari rejalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish zarur. Marketing tadbirlarini ishlab 
chiqishning dastlabki bosqichida bankning oldida turgan vazifalar aniqlanishi va ularning to’g’ri ifodalanishi 
asosiy yo’nalishlarga doir harakat rejasini ishlab chiqishning asosini tashkil qilishi kerak.


Korxonaning asosiy fondlariga investitsiyalarning andozaviy modeli investitsi
yalarning neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarla
rga ega bo’lgan firmalarning foyda va xarajatlari ko’ribchiqiladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling