Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Ko'p darajali modelni ishlab chiqish


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Мавзу 1.

Ko'p darajali modelni ishlab chiqish 
Ko'p darajali model tahlilini o'tkazish uchun avval belgilangan koeffitsientlardan 
(qiyaliklar va tutilishlar) boshlash kerak. 
3.Kapitalning istalgan zaxiralariga moslashish xarajatlarini hisobga olish modeli. 
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarishning ma‟lum bir bosqichlarida sof sotish 
qiymati bo„yicha hisobga olinadi. Bu, masalan, qishloq xo„jaligida don mahsulotlari 


yig„ib olingandan keyin yoki foydali qazilmalar qazib olingandan keyin ularning 
sotilishi forvard shartnomasi yoki davlat kafolati ostida kafolatlanganida yoki ular 
bo„yicha faol bozor mavjud bo„lganida va sotilmaslik riski sezilarsiz darajada kam 
bo„lganida yuz beradi. Bunday TMZlarga nisbatan mazkur standartning faqatgina 
baholash bo„yicha talablari qo„llanilmaydi. 
Broker-treyderlar – o„z hisobidan yoki boshqa tomonlar nomidan tovarlarni sotib 
oluvchi yoki sotuvchi shaxslardir. 3 (b) bandda izohlangan TMZlar, asosan, yaqin 
kelajakda sotish va narxlardagi o„zgarishlardan foyda olish yoki brokertreyderlarning 
marjasi hisobiga foyda ko„rish maqsadida sotib olinadi. Agar ushbu tovar-moddiy 
zaxiralar sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat bo„yicha baholanadigan 
bo„lsa, ularga nisbatan ushbu standartning faqat baholash bo„yicha talablari 
qo„llanilmaydi. Ushbu standartda quyidagi belgilangan ma‟nodagi atamalardan 
foydalaniladi: Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi aktivlardir: (a) odatdagi faoliyat 
doirasida sotish uchun mo„ljallangan ; (b) bunday sotuv uchun ishlab chiqarish 
jarayonida bo„lgan; (d) ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko„rsatilishida 
foydalanilishi ko„zlangan xomashyo va materiallar ko„rinishidagi aktivlar. Sof sotish 
qiymati odatdagi faoliyat davomida ishlab chiqarishni oxiriga yetkazish bo„yicha 
xarajatlar va sotishni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan va taxminiy baholangan 
xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Haqqoniy qiymat baholash sanasida 
bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin 
bo„lgan yoki majburiyatni o„tkazishda to„lanishi mumkin bo„lgan narxdir (13-sonli 
MHXS “Haqqoniy qiymatni baholash‖ ga qarang). Sof sotish qiymati tushunchasi 
tadbirkorlik subyektining odatdagi faoliyati davomida tovar-moddiy zaxirani sotishdan 
olinishi mo„ljallangan sof summani anglatadi. Haqqoniy qiymat – baholash sanasida, 
TMZni xuddi shunday TMZ sotiladigan asosiy bozorda (yoki eng katta manfaat 
keltiradigan bozorda) sotish bo„yicha bozor ishtirokchilari o„rtasidagi odatdagi 
operatsiya amalga oshirilishi mumkin bo„lgan bahoni aks ettiradi. Birinchisi ‒ 
tadbirkorlik subyektiga xos qiymat; ikkinchisi esa yo„q. Tovar-moddiy zaxiralarning 
sof sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng 
bo„lmasligi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan va qayta sotish uchun 


mo„ljallangan tovarlarni qamrab oladi, masalan chakana savdo tashkiloti tomonidan 
sotib olingan va qayta sotish uchun saqlanadigan tovarlar yoki qayta sotish uchun 
mo„ljallangan yer va boshqa mulklar. Tovar-moddiy zaxiralar jumlasiga, shuningdek, 
tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot yoki tugallanmagan 
ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo„ljallangan 
xomashyo va materiallar kiradi. Xizmat ko„rsatish tashkilotlari uchun tovar-moddiy 
zaxiralariga 19-bandda izohlanganidek, xizmat ko„rsatish bo„yicha xarajatlar ham, ular 
bilan bog„liq bo„lgan daromadlar haligacha tan olinmagan bo„lsada, kiradi (18-sonli 
BHXS “Odatdagi faoliyatdan olinadigan daromad‖ga qarang). Tovar-moddiy zaxiralari 
tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq bo„lsa, o„sha bo„yicha 
baholanishi lozim. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga 
TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va ularni hozirgi paytdagi joylashi hamda holatiga 
keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim Sotib olish 
xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari 
va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektiga keyinchalik 
qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar, 
materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog„liq boshqa jami xarajatlar 
kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish xarajatlaridan 
chegirilib tashlanishi lozim. Qayta ishlash xarajatlari. Tovar-moddiy zaxiralarni qayta 
ishlash xarajatlariga mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog„liq xarajatlar, 
masalan bevosita mehnat xarajatlari, kiradi. Ularga, shuningdek, materiallarni tayyor 
mahsulotga aylantirishda amalga oshiriladigan va sistematik tarzda taqsimlanadigan 
doimiy va o„zgaruvchan ustama xarajatlar ham kiradi. Doimiy ishlab chiqarish ustama 
xarajatlari ‒ ishlab chiqarish hajmidan qat‟iy nazar nisbatan doimiy bo’lib qoladigan 
bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan ishlab chiqarish binolari va 
uskunalarining eskirishi va ularni saqlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishni 
boshqarish xarajatlari. O„zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari bu ishlab 
chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki deyarli to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda 
o’zgaradigan bilvosita ishlab chiqarish xarajatlaridir, masalan bilvosita materiallar va 
bilvosita mehnat xarajatlari. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlarining qayta 


ishlash tannarxiga olib borilishi ishlab chiqarish obyektlarining normal quvvatiga qarab 
belgilanadi. Normal quvvat ‒ bir nechta davr yoki mavsumlar davomida normal 
sharoitda, 
rejalashtirilgan ta‟mirlash natijasidagi ishlab chiqarish hajmdagi 
yo„qotishlarni hisobga olgan holda o„rtacha erishilishi kutilgan ishlab chiqarish 
hajmidir. Agar u normal quvvatga taxminan teng bo„lsa, normal quvvat sifatida haqiqiy 
ishlab chiqarish hajmini olish mumkin. Ishlab chiqariladigan mahsulot birligi tannarxiga 
kiritiladigan doimiy ustama xarajatlarning summasi ishlab chiqarishning pasayishi yoki 
to’xtashi natijasida oshmaydi. Tannarxga kiritilmagan ustama xarajatlari ular kelib 
chiqqan davrda xarajatlar sifatida tan olinadi. Ishlab chiqarish darajasi haddan tashqari 
yuqori bo„lgan davrlarda, ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan 
doimiy ustama xarajatlar kamayadi va buning natijasida tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxdan yuqori baholanmaydi. O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 
ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqatda foydalanishga qarab ishlab chiqariladigan 
mahsulot birligi tannarxiga olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayoni natijasida bir 
vaqtning o’zida birdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday holat, 
masalan, birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki asosiy va qo’shimcha 
mahsulot ishlab chiqarilishida yuzaga kelishi mumkin. Agar har bir mahsulotning qayta 
ishlash xarajatlarini alohida aniqlash imkoni bo’lmasa, bu xarajatlar mahsulotlar 
o’rtasida mutanosib va izchil ravishda taqsimlanadi. Taqsimotni, masalan, har bir 
mahsulotning umumiy sotish qiymatidagi ulushi asosida, mahsulotlarni alohida ajratish 
mumkin bo„lgan ishlab chiqarish jarayoni bosqichida yoki ishlab chiqarish 
tugallanganida amalga oshirish mumkin. Ko’pgina qo’shimcha mahsulotlar o’z 
xususiyatlariga ko’ra muhim darajada bo’lmaydi. Bunday hollarda, ular ko’pincha sof 
sotish qiymati bo’yicha baholanadi. Buning natijasida, asosiy mahsulotning balans 
qiymati uning tannarxidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Boshqa xarajatlar. Boshqa 
xarajatlar TMZlar tannarxiga, faqatgina TMZlarni hozirgi paytdagi joylashishi va 
holatiga keltirish uchun sarflangan xarajatlar hajmidagina kiritiladi. Masalan, noishlab 
chiqarish ustama xarajatlari yoki maxsus mijozlar uchun mahsulotlarni yasash 
xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritish o„rinli bo„lishi mumkin. Tovar-
moddiy zaxiralar tannarxiga kiritilmaydigan va ular kelib chiqqan davr xarajatlari 


sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi: (a) me‟yoridan tashqari 
sarflangan xomashyo, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari summasi; (b) 
saqlash xarajatlari, agar bu xarajatlar ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlari 
uchun talab etilmasa; (d) tovar-moddiy zaxiralarni hozirgi paytdagi joylashishi va 
holatiga keltirish bilan bog„liq bo„lmagan ma‟muriy ustama xarajatlar; (e) sotish 
xarajatlari. 23-sonli BHXS “Qarzlar bo‗yicha xarajatlar‖ olingan qarzlar bo„yicha 
xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini 
belgilaydi. Tadbirkorlik subyekti tovar-moddiy zaxiralarni to„lov muddatini uzaytirib 
to„lash shartlarida sotib olishi mumkin. Agar bunday kelishuv amalda moliyalashtirish 
elementini o„z ichiga olsa, bu element, masalan, odatdagi shartlarda kreditga sotib olish 
narxi va to„lov summasi orasidagi farq ushbu moliyalashtirish davrida foiz xarajatlari 
sifatida tan olinishi shart. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarda tovar-moddiy 
zaxiralarning tannarxi. Xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega 
bo„lganida, ular bu TMZlarni ishlab chiqarish xarajatlari summasida baholaydilar. Bu 
xarajatlar, asosan, xizmat ko„rsatishda bevosita band bo„lgan xodimlar, shu jumladan, 
ularni nazorat qiladigan xodimlar bilan bog„liq bo„lgan mehnat haqi va boshqa 
xarajatlar, hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band 
bo„lgan va umumiy ma‟muriy xodimlarga tegishli bo„lgan mehnat haqi va boshqa 
xarajatlari tannarxga kiritilmaydi va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan 
olinadi. Aksariyat hollarda, xizmat ko„rsatuvchi tashkilotlarning TMZlari tannarxiga 
ular tomonidan xizmat narxiga kiritiladigan foyda me‟yori yoki taqsimlanmaydigan 
ustama xarajatlar kiritilmaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling