Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.

ΔC 
MPC=----------100 
ΔYd 
5
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157 
6
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013) 


Bu 
yerda: 
MPC 
(marginal 
propensity 
to 
consume) 
– iste’molga 
chegaralangan moyillik Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra 
ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni 
hisoblaymiz.
Δ C =420 - 405 =15;
MPC = (15/20) *100=75foiz;
Δ Yd =430 - 410 = 20;
 
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 foiz ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda 
iste’mol 75 foiz (yoki 0,75)ga o‘zgaradi. Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi 
daromad o‘zgarishdagi ulushi jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi. 
ΔS 
MPS=---------1x00 
Δ Yd 
 
 
Δ Yd 430 - 410 = 20 
Δ S = 10 - 5 = 5
MPS = (5/20) 100 = 25foiz;

 
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan
bo‘lsa, jamg‘armaga chegaralangan moyillik 0.25 ni tashkil etadi. 
Daromadning o‘sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Shu 
sababga ko‘ra iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari 
yig‘indisi 100foizga yoki koeffitsient ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi. 
MPC + MPS =100foiz yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin o‘zgarishga 
uchraydilar. 
 
3.Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg‘armalari. 
Bugungi kunda mamlakatning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish va 
rivojlantirish bo’yicha tadbirlar esa birinchi darajali ahamiyatga ko’tarilmoqda. 
Bunday masalalarni hal qilishda byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarining o’rni 
benihoya katta bo’lmoqda. Byudjetdan tashqari davlat fondlari markaziy yoki 
maµalliy hukumat organlari tasarrufida bo’lgan va maqsadli yo’naltirilgan moliyaviy 
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg‘arishga o‘rtacha 
moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:


vositalar yig’indisini ifodalaydi. Davlatning maqsadli fondlari maqsadga muvofiq 
ravishda ishlatiladigan moliya resurslari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Davlat byudjeti 
bilan birga davlat maqsadli fondlarining ahamiyati ham ortib bormoqda. Bunday 
fondlar soni va hajmining ko’payishi qator sabablar bilan izohlanadi. Byudjetdan 
tashqari davlat fondlari turli-tumanligi moliya tizimining boshqa bo’g’inlari va 
mazkur fondlar bilan aloqasini murakkab ko’p pog’onali aloqalarini belgilaydi. 
Moliyaviy aloqalarning bir tomonlama, ikki tomonlama va ko’p tomonlama turlari 
mavjud. Davlat maqsadli fondlarini tashkil yetishning zaruriyati aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini yo’qotishdan 
sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya ta’minoti), kam 
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar), vaqtincha 
ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash (ishsizlik bo’yicha nafaqa), aholining 
ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini hisobga olib, imtiyozlar 
va afzalliklar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam, oziqovqat, 
yonilg’i berish va boshqalar), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va 
tug’ishdan keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha 
mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-
quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash 
(nogironlarni reabilitasiya qilish, protez-ortopediya markazlari) orqali ta’minlanadi. 
Davlat maqsadli jamg’armalari quyidagilardir 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi; 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Respublika yo’l jamg’armasi; 

Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan 
mablag’lar jamg’armasi; 

O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish 
davlat jamg’armasi; 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik 
liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va 
jihozlash jamg’armasi; 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi; 

O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnika 


bazasini rivojlantirish jamg’armasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar to’lash, kompensasiya to’lovlari va boshqa to’lovlar 
bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, 
badallar, shuningdek boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’armaning Kuzatuv kengashidir. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi 
majburiy to’lovlardan va boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi, 
keyinchalik ulardan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini 
rivojlantirish va takomillashtirish dasturlarini (loyihalarini) hamda ularning lozim 
darajadagi texnik holati va o’tkazish qobiliyatiga yerishishga qaratilgan tadbirlarni 
moliyalashtirish uchun foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasining yuqori boshqaruv organi Jamg’arma 
kengashidir. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi 
davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan 
mablag’larni jamlaydi 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling