Mavzu: Diplomatik va konsullik huquq. Reja


Download 42.18 Kb.
bet5/8
Sana15.03.2023
Hajmi42.18 Kb.
#1271324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya

Imtiyozlar — xorijiy vakillik organlari (va ular xodimla­ri) faoliyatining imtiyozli shartlari bulib, odatda ulardan milliy yuridik va jismoniy shaxslar foydalanmaydilar. Mazkur imtiyozli shartlar bunday vakillik organlarining rasmiy xalqaro-huquqiy makomini inobatga oladi va ularga uzaro asoslarda mazkur organlar funksiya va vakolatlarining faoliyatini sama-rali amalga oshirishlariga kumaklashish maksadida beriladi.
1961 va 1969 yillar konvensiyalariga muvofik bunday imtiyozlar katoriga:

  • birinchidan, xorijiy davlat vakillik organining uni yuboruvchi davlat xukumati va uning xorijiy organlari bilan barcha konuniy vositalar yordamida, shu jumladan, diplomatik kurerlar, kodlangan yoki shifrlangan diplomatik maktublar (depesha), shuningdek, vakolatxona joylashgan davlat roziligi bilan radiouzatgichlardan foydalangan xolda barcha rasmiy maksadlarda alokalarni boglab turish;

  • ikkinchidan, xorijiy davlat vakillik organining, u egallab turgan binolarga nisbatan, aloxida kursatilgan xizmatlarga tulovlardan tashkari barcha davlat, tuman va maxalliy (munitsipal) solik, yigim va bojlardan ozod etilishi;

  • uchinchidan, vakillik tomonidan foydalanish uchun belgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliklar va yigimlari tulanmasdan olib kirish huquqi (ba’zi istisnolardan tashkari);

  • turtinchidan, vakolatxona va uning boshligi tomonidan yuboruvchi davlat bayrogi va gerbini vakolatxona xonalariga, shu jum­ladan, vakolatxona boshligi karorgoxiga va u foydalanadigan transport vositalariga osib kuyish xykukiga kiradi.

Diplomatik agentlar, yuboruvchi davlat maxsus missiya vakillari va uning diplomatik xodimlari kuyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:

  • birinchidan, missiya joylashgan davlat xududi buylab erkin xarakat kiladi (belgilangan istisnolar bilan);

  • ikkinchidan, barcha davlat, tuman va maxalliy (munitsipal) solik, yigim va bojlardan ozod etiladi;

  • uchinchidan, ularning xarakteridan kat’i nazar, barcha mexnat va davlat majburiyatlaridan, shu jumladan, xarbiy majburiyatlardan (rekvizitsiya, tovon tulash va uylarni kunok; xarbiylar kunishidan ozod kilish kabilardan) ozod etiladi;

  • turtinchidan, kursatilgan shaxslar va ularning oila a’zolari shaxsiy foydalanishlari uchun belgilangan narsalarni bojxona bojlari, soliklar va yigimlari tulanmasdan olib kirish huquqi;

  • beshinchidan, agar ularning shaxsiy yuklarida missiya joylash­gan davlatga olib kirish va olib chikib ketish ta’kiklangan narsalarning borligini tasdiklovchi jiddiy asoslar mavjud bulmasa, ularni tekshirishdan ozod etiladi.

Bundan tashkari, kabul kiluvchi davlat xorijiy davlat tashki alokalar organiga ularni uz funksiyalarini samarali bajara olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishi lozim.
Imkoniyatlar — vakolatxona joylashgan davlat, agar bunga zaruriyat bulsa, xorijiy davlatga, uning vakillik organlari va xodimlari timsolida ega bulishi uchun yordam berishi mumkin yoki lozim bulgan ne’mat va imtiyozlardir.
Bu erda gap vakolatxona uchun binoga ega bulish yoki xodimlar uchun yashash xonalarini aniklash, turli xildagi rasmiy maktublarni yuborishda imtiyozli huquqlar bilan ta’minlash, uzokda katnaydigan jamoatchilik transportlaridan imtiyozli foydalanish, kundalik turmush extiyojlari uchun zarur buyumlarni olish va shunga uxshash imtiyoz va xizmatlar tugrisida bormokda.
Diplomatik vakolatxonaning asosiy majburiyati — uz binosidan fakat rasmiy maksadlarda foydalanish va rasmiy alokalarni fakat tashki ishlar idorasi yoki kelishilgan xolda boshka maxkamalar orkali amalga oshirishdir.
Diplomatik vakolatxona xodimlari majburiyatlari diploma­tik vakolatxona joylashgan davlat konun va karorlarini xurmat kilish xamda uning ichki ishlariga aralashmaslikda uz ifodasini topadi. Diplomatik vakolatxona joylashgan davlatda diplomatga shaxsiy manfaatlarni kuzlab kasb va tijorat faoliyati bilan pgurullanish takiklanadi.



Download 42.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling