Mavzu: Diplomatik va konsullik huquq. Reja
Davlatlarning xalqaro tashkilotlar xuzuridagi doimiy vakolatxonalari
Download 42.18 Kb.
|
diplomatiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari.
Davlatlarning xalqaro tashkilotlar xuzuridagi doimiy vakolatxonalari
Diplomatik huquqning tegishli normalari 1975 yilda kabul kilingan Vena konvensiyasida kodifikatsiya kilingan. Mazkur Konvensiyada davlatlarning universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar xuzuridagi vakilligi, ushbu tashkilotlarning organlarida a’zo-davlatlar yoki a’zo bulmagan davlatlar (kuzatuvchilar) vakilligi xamda universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar tomonidan yoki ularning raxbarligida chakiriladigan xalqaro konferensiyalardagi vakilligi turrisida suz boradi. Xalqaro tashkilotlar xuzuridagi doimiy vakolatxonalar deganda, a’zo-davlatlarning doimiy vakolatxonalari va tashkilotga a’zo bulmagan davlatlarning kuzatuvchi doimiy missiyalari tushuniladi. Xalqaro tashkilotlar organlari va konferensiyalarga moslab oladigan bulsak, ularning ishida katnashayotgan davlatlar delegatsiyalari va ular ishini kuzatib boruvchi delegatsiyalar tugrisida suz boradi. Universal xarakterdagi xalqaro tashkilot — bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan muassasalari, Atom energiyasi buyicha xalqaro agentlik va a’zolari tarkibi va javobgarligi keng bulgan xalqaro xarakter kasb etuvchi shunta uxshash xar kanday tashkilotlardir. Diplomatik huquqda tegishli ushbu huquq. soxasining uziga xos jixatlari markaziy muassasalar, ularning bulimlari, tashkilot organlari yoki xalqaro konferensiyalarning uz faoliyatlarini uzga davlat xududida uning yurisdiksiyasidan ozod etilgan va tegishli uzaro kelishilgan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalangan xolda amalga oshirishida namoyon buladi. Davlatning xalqaro tashkilotlar xuzuridagi doimiy vakolatxonalari, xalqaro organlar va konferensiyalardagi delegatsiyalari ular joylashgan davlat bilan bevosita xech kanday alokalarga kirishmagan xolda uning yurisdiksiyasidan immunitetga ega buladi xamda, agar ushbu davlat va xalqaro tashkilot uchun Konvensiya kuchda bulsa, unda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan xam foydalanadilar. Konsullik huquqining tushunchasi va manbalari. Konsullik huquqini konsullik muassasalari faoliyatini tartibga solish va ularning xodimlari makomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi xalqaro-huquqiy tamoyil va normalar majmui sifatida ta’riflash mumkin. Konsullik huquqi manbalari xalqaro shartnomalar va xalqaro odat normalaridir. Download 42.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling