Mavzu: Diplomatik va konsullik huquq. Reja


Download 42.18 Kb.
bet7/8
Sana15.03.2023
Hajmi42.18 Kb.
#1271324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya

Konsullik huquqi — davlatlar urtasidagi konsullik alokalarini tartibga solishga xizmat kiluvchi xalqaro huquq institutlaridan biridir. uning normalari 1963 yilgi Vena konvensiyasida kodifikatsiya kilingan. Davlatlarning keng tarkalgan amaliyotlaridan biri xalqaro huquqning tegishli kridalarini aniklashtiruvchi yoki ularga boshkacha shakl beruvchi ikki tomonlama konsullik konvensiyalarining tuzilishidir. Misol uchun, kon­sullik organlari deb nomlanuvchi konsullik muassasalari faoliyati doirasini belgilovchi konsullik vakolatxonasi joylashgan davlat xududi chegaralarini aniklashga karatilgan konvensiyalar.
Konsullik masalalari buyicha xalqaro shartnomalar xam ikki tomonlama, xam kup tomonlama asosda tuziladi. 1963 yilda kabul kilingan Konsullik alokalari tugrisidagi Vena konvensiyasi uni­versal axamiyatga ega. Konvensiya 1967 yil 18 martda kuchga kirdi. Uzbekistan Respublikasi ushbu konvensiyani 1995 yilda ratifi­katsiya kilgan.
Konsullik huquqida konsullik masalalari buyicha konvensiya­lar va ikki tomonlama shartnomalar muxim urin tutadi. SHuningdek, konsullik organlari makomi, funksiyalari, tuzilipshni xamda xorijiy konsullik muassasalari huquqiy xolatini belgilab be­ruvchi milliy konunchilik koidalari xam katta axamiyatga ega.


Konsullik muassasalalari toifalari va xodimlari

Konsullik muassasalari — xorijiy davlat xududida joylash­gan va uz davlati, uning fukarolari va tashkilotlari manfaatlarini ximoya kilish bilan boglik funksiyalarni amalga oshiruvchi davlatning doimiy tashki alokalar organi xisoblanadi.


Mustakil konsullik muassasalari:

  • birinchidan, bosh konsullik;

  • ikkinchidan, konsullik;

  • uchinchidan, vitse — konsullik;

  • turtinchidan, konsullik agentliklari kabi toifalarga bulinadi.

Diplomatik vakolatxonalarning konsullik bulimlari mudir tomonidan boshariladi. U konsul yoki bosh konsul deb nomlanishi mumkin.
Konsullik muassasalari toifalariga mos tarzda ular boshliklarining toifalari:

  • birinchidan, bosh konsullar;

  • ikkinchidan, konsullar;

  • uchinchndan, vitse — konsullar;

  • turtinchidan, konsullik agentliklari aniklanadi.

Davlat konsulxona mansabdor shaxsini vakil kilib tayinlashda unta konsullik patentini takdim kiladi. Unga asosan kabul kiluvchi davlat mazkur shaxsga konsullik faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi xujjat topshiradi. Ushbu xujjat ekzek­vatura deb nomlanadi.
Konsullik alokalarining uziga xosligi shundaki, ular diplomatik munosabatlari urnatilmagan xolatlarda xam uz faoliyat-larini olib borishlari mumkin va xatto davlatlar urtasida diplomatik munosabatlarning uzilishi xam ipso facto konsullik alokalarining bekor bulishiga olib kelmaydi.
1963 yilgi Konvensiyada belgilangan konsullik funksiyalari xam uziga xos. Konsulxonaning eng asosiy funksiyasi — konsulxona joylashgan davlatda (odatda konsulxona okrugi chegarasida) xalqaro huquq tamoyillariga muvofik ravishda vakil kilib yuborgan davlat va uning fukarolari (yuridik va jismoniy shaxslari) manfaatlarini ximoya kilishdir.
Konsullik muassasalari:

  • Birinchi — xokimiyat organlariga konsullik muassasalari joylashgan davlatning iktisodiy, savdo, ijtimoiy, madaniy va siyosiy xayoti tugrisida axborotlar berib turish;

  • Ikkinchi — uz davlati fukarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlat konun va odatlari tugrisidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • Uchinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrug xududida uz davlati fukarolarini xisobga olish;

  • Turtinchi — konsullik muassasasi joylashgan okrugda joy­lashgan uz davlati fukarolari, davlat organ va tashkilotlari vakillariga, shuningdek, xarbiy va fukarolik kemalari xamda xavo kemalariga, ularning ekipajiga amaliy yordam berish va konsullik faoliyatini amalga oshirish;

  • Beshinchi — pasport — viza faoliyatini amalga oshirish;

  • Oltinchi — fukarolik xolati dalolatnomalarini kayd etish idoralari funksiyasini bajarish, notarial xarakatlarni amalga oshirish;

  • Ettinchi — konsullik legalizatsiyasi bilan shugullanish, ya’ni konsullik muassasasi joylashgan davlat organlaridan chikadigan xujjatlar imzolarini belgilash va ularning xakikiyligini va ushbu xujjatlarning shu davlat konun va koidalariga muvofikligini tasdiklash;

  • Sakkizinchi — talab kilib olingan xujjatlar buyicha shunday amallarni amalga oshirish;

  • Tukkizinchi — konsullik muassasasi joylashgan davlatda voyaga etmaganlar va tulik muomala layokatiga ega bulmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini ximoya kilish;

  • Uninchi — sud va boshka muassasalarda uz fukarolari manfaat­larini yoklab chikish va vakillar bilan ta’minlash buyicha zaruriy chora-tadbirlarini kurish;

  • Un birinchi — uz davlati tergov yoki sud organlarining topshiriklarini bajarish kabi funksiyalarni bajaradi.

Ma’lum bir xorijiy davlatda diplomatik vakolatxonaning yukligi diplomatik funksiyalarni bajarishni konsullik muassasasiga yuklash amaliyoti umum tan olingan koidaga aylangan.
Xalqaro huquq shuningdek, konsul tomonidan uchinchi bir davlat nomidan va uning manfaatlari yulida ma’lum funksiya­larni bajarish imkoniyatiga xam yul kuyadi.
Konsullik muassasasi u joylashgan davlat xududida tegishli xarakatlarni amalga oshirganligi uchun konsullik yigimlarini undirish huquqiga ega. Uz faoliyatlarini amalga oshirish davomida konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashmasliklari lozim.
Konsullik muassasasi joylashgan davlat uz navbatida konsul­lik muassasasiga va uning xodimlariga xurmat kursatishi va ishlashi uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.



Download 42.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling