1961 yilda kabul kilingan Diplomatik alokalar tugrisidagi Vena konvensiyasi;
1969 yilda kabul kilingan Maxsus missiyalar tugrisidagi konvensiya;
1975 yilda kabul kilingan Davlatlarning universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar bilan uzaro munosabatlaridagi vakilligi tugrisidagi Vena konvensiyasi;
1963 yilda kabul kilingan Konsullik alokalari tugrisidagi Vena konvensiyasidir.
Diplomatik huquq — «tashki alokalar huquqi» deb nomlash lozim bulgan xalqaro huquq institutining bir kismidir, chunki xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarda nafakat davlatlar, balki boshka sub’ektlar, xususan, xalqaro tashkilotlar — universal, regional (BMT Ustavi mazmunida) va maxalliy, xalqaro organlar va uz tashki alokalarini ular nomidan katnashuvchi tuzilmalar orkali ifoda etuvchi boshka xalqaro instituglar ishtirok etadi.
Tashki alokalar huquqi — xalqaro-huquqiy normalarning shunday tizimiki, u xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq. sub’ektlari vakilligini tartibga soladi. Bu, asosan, odat normalari sanaladi. Birok, universal xarakterdagi konvensiyalar (masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyoz va immunitetlari tugrisidagi 1946 yil konvensiyasi va Ixtisoslashgan muassasalar imtiyoz va immunitetlari tugrisidagi 1947 yil konvensiyasi) xam mavjud.
Diplomatik huquq — davlatning tashki alokalari soxasida faoliyagg yurituvchi organlari makomi va funksiyalarini tartibga soluvchi normalar yigindisini ifodalovchi xalqaro huquq soxasidir.
Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga:
birinchidan, diplomatik vakolatxonalar yoki tuzilgan shartnomaning bajarilishini ta’min etishga xizmat kiluvchi davlatlarning maxsus missiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ikki tomonlama diplomatiya;
ikkinchidan, xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlar sessiyalarida davlatlar delegatsiyalari tomonidan amalga oshiriladigan kup tomonlama diplomatiya;
uchinchidan, xalqaro tashkilotlar xuzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan diplomatiya mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |