Mavzu: Diplomatik va konsullik huquq. Reja


Download 42.18 Kb.
bet4/8
Sana15.03.2023
Hajmi42.18 Kb.
#1271324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
diplomatiya

Diplomatik korpus

Diplomatik korpus keng ma’noda ushbu davlatdagi chet el dip­lomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlari, shuningdek, ular­ning oila a’zolari yigindisidir.


Diplomatik korpus tashkilot xisoblanmaydi. Diplomatik kor­pus boshligi unvoni (mansabi) buyicha yukori va tegishli davlatga vakil kilib yuborilgan vakti jixatidan eng kup ishlayotgan diplomatik vakil (duayen, oksokol) sanaladi. Ba’zi kato­lik davlatlarda diplomatik korpus boshligi Rim papasi nunsiysi xisoblanadi.
Diplomatik korpusning chikishi fakat rasmiy tantana vaktlaridagina (milliy bayramlar, tabriklash marosimlarida) ruxsat beriladi.
Diplomatik korpus a’zolarining diplomatik sifatlarini tasdiklash uchun kupgina davlatlarning maxalliy xokimiyati organlari diplomatik guvoxnomalar beradi.


Diplomatik vakolatxona va uning xodimlarining immuniteti, imtiyozlari va imkoniyatlari

Diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya uz faoliyatini kabul kiluvchi davlat xududida amalga oshiradi. Ular uzlarining vakillik xarakteri


va funksiyasidan xamda xodimidan kelib chikib, kabul kiluvchi davlat tomonidan ta’minlab berilishi lozim bulgan aloxida yuridik makomga ega buladilar.
Tashki alokalar organlarining ushbu xalqaro-huquqiy makomi immunitet, imtiyoz va imkoniyat tushunchalari bilan belgila­nadi.
Immunitet yuboruvchi davlat tashki alokalar organlari va ular xodimlarining vakolat va funksiyalarini kabul kiluvchi dav­latdan mustakil tarzda amalga oshira olishlarini ta’minlaydi.
Imtiyoz va imkoniyatlar ular faoliyatining samaradorligiga kumaklashish uchun xizmat kiladi.
Diplomatik vakolatxona yoki maxsus missiya va ular xodimlarining immuniteti yuboruvchi davlat organlari sifatida davlat immuniteti degan yanada kengrok tushunchaning emanatsiyasidir.
Davlat immuniteti — tegishli davlatlararo huquqiy munosabatlar moxiyatining jamlangan kurinishidir. Xalqaro huquqda dav­lat immuniteti barcha davlatlar urtasidagi uzaro munosabatlarda amal kiluvchi davlatlararo munosabatlarning tamoyillaridan (umumiy normalaridan) biridir. U odatiy norma sifatida shakllangan va shu asosda davlatlararo munosabatlarni tartibga solmokda. Xozir mazkur tamoyil yukorida tilga olingan Konvensiyada xam uz ifodasini topgan. SHuning uchun uni nafakat davlatlarning uzok amaliyotini umumlashtirish natijasida, balki mazkur Kon­vensiyada uz ifodasini topgan xalqaro-huquqiy normalar moxiyatidan kelib chikib xam belgilash mumkin.
Immunitet tamoyili «xar bir davlat boshka bir davlat yurisdiksiyasidan immunitet huquqiga ega» ekanligini anglatadi. Immunitet — yurisdiksiyani istisno kilish yoki undan ozod etilishdir. Bu esa uz urnida yurisdiksiyaga buysunmaslik bilan barobar. SHubxasiz, «xar bir davlat boshka bir davlat yurisdiksiyasiga buysunmaydi».
«YUrisdiksiya» tushunchasi xalqaro huquqda (shuningdek, mil­liy huquqda xam) turli ma’nolarda kullanadi. Birok; davlat im­muniteti tamoyiliga nisbatan u uzining keng ma’nosida, ya’ni davlatning uz xokimiyati vakolatlarini amalga oshirish tarzida ishlatiladi. Boshkacha aytganda, davlat immuniteti tamoyili bir davlatning ikkinchi bir davlatga buysunmasligini anglatadi.
Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalar immunitetiga nisbatan aytilayotgan gap, xususan, kabul kiluvchi davlat xududida ular ega bulgan va foydalanayotgan mulk tugrisida bormokda.
Diplomatik vakolatxona va maxsus missiyalar immuniteti katoriga:

  • birinchidan, ular binolarining (xonalarining) daxlsizligi;

  • ikkinchidan, ushbu binolar (xonalar) va ularda joylashgan buyumlar immuniteti, shuningdek, xarakat vositalarini tintuvdan, rekvizipiyadan, xibsdan va ijro xarakatlaridan immuniteti;

  • uchinchidan, arxivlar va xujjatlarning xar kanday vaktda va ularning kaerda joylashganidan kati nazar daxlsizligi kiradi.

Diplomatik agentlar (vakolatxona boshligi va uning diplo­matik vakolatxona xodimlari), yuboruvchi davlat maxsus missiyalari vakillari va ular diplomatik xodimlari immuniteti katoriga:

  • birinchidan, ular shaxsining daxlsizligi (jumladan, xibsga olinishlari yoki boshka biror shaklda ushlanishlari mumkin emas);

  • ikkinchidan, ularning shaxsiy xonalari, kogozlari, xatlari (diplomatik yozishmalari) va mulki daxlsizligi;

  • uchinchidan, vakolatxona joylashgan davlat jinoiy, fukarolik va ma’muriy yurisdiksiyasi immunitetiga kiradi.

Mazkur shaxslar immunitetidan ularni yuboruvchi davlat voz kechishi mumkin. CHunki immunitet aloxida shaxslar foydasi uchun emas, balki ushbu davlat nomidan vakillik kilayotgan davlat organ­lari funksiyasining samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun beriladi.
Xalqaro huquqning umumiy tamoyillaridan biri xisoblanmish davlat immunitetidan kelib chikuvchi davlatning tashki alokalar xorijiy organlari immunitetlarining mazmuni shunday kurinishga ega. Ushbu tamoyil (umumiy norma) imperativ xarakter kasb etmaydi. Boshkacha aytganda, undan chekinish nafakdt xalqaro huquqka muvofik balki manfaatdor davlatlar urtasidagi uzaro kelishuv asosida (shartnomada anik ifodalangan yoki boshka tarzda) xam amalga oshirilishi mumkin.
Davlatning tashki alokalar xorijiy organlari (va ularning xodimlari) immunitetlardan tashkari xalqaro huquqdo muvofik ma’lum imtiyozlardan xam foydalanishlari mumkin.

Download 42.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling