Mavzu: Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari
Download 30.29 Kb.
|
uglevodlar. disaxaridlar
Fizik xossalari. Toza saxaroza shirin mazali, suvda yaxshi eriydigan, rangsiz modda.
Kimyoviy xossalari. Saxarozaning eng muhim xossasi gidrolizga uchrashidir: Saxaroza molekulasi glukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tashkil topgan. Saxaroza molekulasidan glukoza hosil bo’lishini aniqlash mumkin. Saxaroza eritmasiga dastlab bir necha tomchi H2SO4 qo’shib qaynatamiz. So’ng kislotani ishqor bilan neytrallab, eritmaga Cu(OH)2 qo’shib qizdiramiz. Natijada qizil cho’kma hosil bo’ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, saxaroza H2SO4 ta’sirida gidrolizlanadi va aldegid guruhi saqlovchi glukoza hosil qiladi. Aldegid guruhi tutuvchi molekulalar esa Cu(OH)2 ni qizil cho’kma hosil qilguncha , ya’ni Cu2O gacha qaytaradi. Maltoza. Bir molekula maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glukoza hosil bo’ladi. Polisaxaridlar tabiiy yuqori molekular moddalar bo’lib, tabiatda juda ko’p tarqalgan hamda inson va hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Polisaxaridlar juda ko’p monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan. Ularga kraxmal va sellulozalar misol bo’ladi. Kraxmal. Kraxmal (C6H10O5)n tabiiy polimer modda bo’lib, bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha bo’lishi mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning fonnulasi (C6H10O5)n tarzida ifodalanadi. Kraxmalning gidrolizi natijasida faqat glukoza hosil boigani uchun bu zvenolar glukoza molekulasi qoldiqlari degan xulosaga kelamiz. Kraxmal hosil bolishi polikondensatsiya reaksiyasi asosida boradi. Ya’ni kichik molekulyar modda sifatida glukoza molekulasidan, yuqori molekulyar birikmali kraxmal hosil bo’ladi va qo’shimcha mahsulot sifatida H2O hosil bo’ladi. Fizik xossalari. Kraxmal – oq kukunsimon modda. Sovuq suvda erimaydi, lekin issiq suvda bo’kib kleyster hosil qiladi. Download 30.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling