Mavzu: Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari
Download 30.29 Kb.
|
uglevodlar. disaxaridlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (qamish yoki lavlagi shakari)
1-guruh:
Monosaxaridlar strukturasiga asoslanib glukoza bilan fruktozani qanday reaktivlar bilan farqlash mumkinligini tegishli reaksiyalar bilan izohlang? Glukozaning ochiq halqali formulasi tarkibida gibridlangan orbitallar yig’indisini hisoblang. 2-guruh: Glukozaning A.M.Butlerov usuli bo’yicha olinishida tarkibida 72 ta sp3 gibridlangan orbitallar tutgan reagent sarflandi. Hosil bo’lgan monosaxarid massasini aniqlang? 3 mol glukozaning spirtli bijg’ishidan hosil bo’ladigan etanol massasi (g) va gaz hajmini (l n.sh.) aniqlang? Tezkor savol-javoblar. Monosaxaridlarning nomlanishini aytib bering? Glukoza molekulasi tarkibidagi funksional guruhlarning mavjudligini qanday reaksiyalar yordamida isbotlash mumkin? Uglevodlar necha guruhga bo’linadi? Glukoza haqida nimalarni bilasiz? Uglevod atamasi qanday kelib chiqqan? Monosaxaridlarning kimyoviy va fizik xossalarini aytib bering? Yangi mavzuning bayoni: (20-minut) Bir molekula uglevod gidrolizidan 2 molekula monosaxarid hosil bo’ladigan moddalarga disaxaridlar deyiladi. Disaxaridlarga saxaroza va maltoza kiradi. Disaxaridlarning hammasi C12H22O11 umumiy formula bilan ifodalanadi. Disaxaridlar suvda yaxshi eriydi, shirin ta’mga ega. Ularning ko’pchiligi yaxshi kristallanadi va aniq molekulyar massaga ega. Tabiatda keng tarqalgan saxaroza (qamish yoki lavlagi shakari), maltoza (solod shakari) disaxaridlarga misol bo’ladi. Disaxaridlar gidrolizlanganda bir xil yoki ikki xil monosaxarid molekulasi hosil bo’lishi mumkin. Saxaroza. Qamish shakari yoki lavlagi shakari deb ataladi. Saxaroza o’simliklar dunyosida juda ko’p tarqalgan. Saxaroza eng zarur ozuqa bo’lib, inson hayotida katta ahamiyatga ega. Bu odatdagi keng qo’llaniladigan shakardir. Download 30.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling