Mavzu: Disaxaridlar, polisaxaridlar. Olinishi va xossalari


Download 30.29 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1491810
1   2   3   4
Bog'liq
uglevodlar. disaxaridlar

Kimyoviy xossalari. Kraxmal uchun sifat reaksiya bu unga yodning ta’siri hisoblanadi. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo’shilsa, ko’k rang paydo bo’ladi. Bu jarayonni oddiy tajriba yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Kartoshkaning qirqilgan joyiga yoki bir bo’lak nonga yod eritmasidan bir necha tomchi tomizganimizda ko’k rang hosil bo’ladi.
Qo’llanilishi. Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo’lishini yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi, ya’ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Bu sharoitlarda kraxmal qisman gidrolizlanadi va suvda eruvchan bo’ladi.
Selluloza (C6H10O5)n Selluloza ham tabiiy yuqori molekular polisaxarid bo’lib, barcha o’simliklar tarkibiga kiradi va ularda hujayra qobiqlarini ho­sil qiladi. Uning nomi «sellula» - hujayra ana shundan kelib chiqqan. Sellu­loza paxta tolasining asosiy qismini tashkil qiladi. Qog’oz va ip gazlamalar ham sellulozadan qilingan buyumlar hisoblanadi. Yog’och tarkibida ham ko’p miqdorda uchraydi.
Selluloza ham xuddi kraxmalga o’xshab tabiiy yuqori molekular polimerdir. Selluloza va kraxmalning umumiy formulasi ham o’xshash va tarkibi jihatidan ham glukoza zvenolaridan iborat.
Bu polisaxaridlar bir-biridan glukoza qoldig’ining har xil bogianishi bilan farq qiladi. Kraxmal inson uchun muhim ovqat manbayi hisoblansa, selluloza­dan bu maqsadda foydalanib bo’lmaydi.
Fizik xossalari. Selluloza - mazasiz, hidsiz, tolasimon oq modda, suvda erimaydi, sellulozaning molekular massasi juda katta hisoblanadi.
Kimyoviy xossalari.

  1. Selluloza “kumush ko’zgu” reaksiyasini bermaydi. (aldegid guruhi yopiq) Selluloza kislotalarda eritilganda qisman gidrolizlanadi. Bunda glukoza hosil bo’ladi.

H2SO4, t°
( C6H10O5)n + (n-1) H2O nC6H12O6
selluloza glukoza

  1. Selluloza ham yonadi. Bunda uglerod (IV) oksid va suv hosil bo’ladi.

( C6H10O5)n + 6nO2 6nCO2 + 5nH2O
Mustahkamlash.
1. Uglevodorodlar tabiatda qanday holatda uchraydi?
2. Toshko’mirni quruq haydashdan qanday mahsulot hosil bo’ladi?
3. Neftni haydashdan qanday mahsulotlar olinadi?
4. Neftning fizik xossalarini ayting?
5. Koks gazi nima?
6. Toshko’mir qanday maqsadlarda ishlatiladi?
7. Ammiak suvi nima?

  1. O’quvchilar bilimini baholash (5-minut)

  2. Uyga vazifa berish (2-minut)



Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling