Mavzu: dispersion tahlil
Download 289.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqekonometrika labaratoriya 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispersion analiz
MAVZU:DISPERSION TAHLIL Kerakli texnik vositalar: shaxsiy kompyuter Kerakli dasturiy vositalar:MS Exceljadvalli dasturi. Ishning maqsadi:MS excel dasturi orqali bir omilli dispersionni tahlilni amalga oshirish. Topshiriq. Korxonada 2015-2018-yillar oralig`ida sotuv hajmining o`sish dinamikasini dispersion tahlil orqali o`rganish.
Dispersion tahlil bir nechta tanlanmalar o’rtacha qiymatini solishtirish masalasini yechishda qo’llaniladi. Agar tekshiruv natijasida ularning matematik kutilishi bir-biridan kam farq qilsa, barcha tanlanmalar birlashtiriladi, tadqiq etilayotgan tizim xossalari haqidagi ma’lumotlar ko’payadi . Ko’p faktorli dispersion tahlil tajribada qatnashayotgan faktorlar guruhidan kuzatilayotgan o’zgaruvchiga va uning natijasiga ta’sir qiladigan ixtiyoriy sondagi faktorlarni baholash imkonini beradi. Dispersion tahlil sonli va sifatli xususiyatga ega bo’lgan faktorlarni baholash imkonini beradi, dispersion tahlil tenglamalarida faktorlar emas balki ularning “samaralari” qatnashadi. Faktorlar sonli xususiyatga ega bo’ganda, ularning kuzatilayotgan o’zgaruvchi bilan o’zaro aloqasi refressiya tenglamasi orqali ifodalanadi. Korrelyatsiya (lot. correlatio — o’zaro munosabat, o’zaro bog’lanish), korrelyatsion bog’liqlik — ikki yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarning statistik o’zaro bog’liqligi. 2 tasodifiy miqdorning qo`shma taqsimotini tavsiflash uchun kovaratsiya(yoki korrelatsion moment)dan foydalaniladi. Korrelyatsion tahlil yordamida o’zgaruvchi qiymatlarning ular o’rtacha qiymatlariga nisbatan sochilishini baholash orqali x va y o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish darajasi aniqlanadi. Regressiya (lot. regressio — teskari harakat, chekinish),ehtimollar nazariyasi va matematik statistikada biror miqdor o’rtacha qiymatining boshqa bir yoki bir necha miqdorlarga bog’liqligi. Dispersion analiz - matematik statistika usullaridan biri; bir necha omillarga bogʻliq tajribalar natijalarini tahlil qilishda, bu omillarning qaysi biri shu tajriba natijasiga qanday taʼsir qilishini aniklash. Bu usulni 1925 yilda ingliz statistik olimi R. Fisher agronomiyaga doyr tajribalar natijalarini urganish uchun taklif qilgan. Dispersion analizning asosiy masalalaridan biri — tajribada kuzatilgan natijalarning jami normal taqsimotga ega boʻlgan bir xil tasodifiy miqsor qiymatlari toʻplami yoki oʻrtacha qiymatlari turlicha boʻlgan normal taqsimlangan bir necha tasodifiy miqdorlar qiymatlari toʻplami ekanligini aniklashdan iborat. Dispersion analizning eng sodsa masalasi tajriba natijalariga koʻra bir xil dispersiyaga ega boʻlgan normal taqsimlangan tasodifiy miqdorlar guruhlarining oʻrta qiymatlari tengligi haqidagi statistik gipotezani tekshirish masalasidir. Dispersion analizda shunga oʻxshash masalalarni hal qilishning miqdoriy usullari ishlab chiqilgan. Mac, agar tajriba oʻtkazish mobaynidagi barcha oʻlchashlar natijasi teng chiksa va tasodifiy xatolar normal taqsimot qoidasiga boʻysunsa, u holda yakuniy natija maxsus (dispersion taqsimot) jadvallari yordamida aniqlanadi. Dispersion analiz ayniqsa qishloq xoʻjaligi sohasidagi turli xil ag-ronomik usullarni, yangi navlarni solishtirish bilan bogʻliq boʻlgan tajri-balarning natijalarini tadqiq qilishda, shuningdek, iqtisodiyot, texnika, biologiya va b. sohalarda qoʻllaniladi. XULOSA Normal dispersion holat 10 -30 oralig`idagi qiymatlarni o`z ichiga oladi. Biz olib brogan tahlilga asosan dispersiya 20 ga teng. Demak,ushbu tahlil normal dispersion holatda ekan. Olib brogan tahlilimizda ehtimollik koeffitsienti 115% bo`lib, bu biz olib brogan tahlil ishonchlilik darajasi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Download 289.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling