Mavzu: djon meynard keys iqtisodiy ta`limoti


Download 0.5 Mb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702172
  1   2   3   4
Bog'liq
IAKT slayd

Mavzu:JON MEYNARD KEYS IQTISODIY TA`LIMOTI

Tayyorladi: Xoshimxonov L

Vohidov S

Tekshirdi: Toshmatov Sh

REJA:

  • 1.Jon Meyard Keynsning iqtisodiy ta'limoti.
  • 2. Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari.Iqtisodiy o`sish nazariyalari.
  • 3. Keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati.

Jon Meyard Keynsning iqtisodiy ta'limoti. XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902- 1906, 1909-1915 yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib ishladi. 1909 yil "Indeks uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - "Pul muomalasi va Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 1919 yilda "Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20- 30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi ("Ehtimollik to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" (1923), "Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari" (1925), "Erkin tadbirkorlikning intihosi" (1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir.

Jon Meyard Keyns

Keyns ta'limotining asosiy va yangi g`oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o`z-o`zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o`sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog`liq edi. Yetakchi olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog`liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling