Mavzu: djon meynard keys iqtisodiy ta`limoti


Download 0.5 Mb.
bet3/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702172
1   2   3   4
Bog'liq
IAKT slayd

Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari.Iqtisodiy o`sish nazariyalari. 50-yillarda keynschilik g`oyalari rivojlantirilib, yangi g`oyalar ilgar surildi. Ularning asosiy mohiyati iqtisodiy o`sish sur'atlari doimligini ta'minlovchi mexanizmlarni aniqlash va isbotlashdan iboratdir. Oqibatda "mulsipirikator-akselerator" sistemasini hisoblashga asoslangan va o`ziga xos keynschilikning o`sish nazariyalari, jamg`arish va iste'mol o`rtasidagi o`zoro bog`lanish xarakteristikalaridan foydalanib iqtisodiy dinamikani modellashtirish yuzaga keldi. Yuqorida tilga olingan iqtisodiy o`sish nazariyalarining asosiy namoyondalari Massachuset texnologiya instituti professor Yevsey Domar (1914) va Oksford universiteti professori Robert Xarrod (1890-1978) hisoblanadi. Ularning nazariyasi (modeli) iqtisodiyotning doim (mo`'tadil) sur'atlarda o`sishi dinamik barqarorlik (ilgarilab borish) ning asosiy sharti sifatida maqsadga muvofiq ekanligining umumiy xulosalarini birlashtiradi. Ularning fikricha, shundagina ishlab chiqarish quvvatlari va mehnat resurslaridan to`la foydalanishga erishish mumkin.

Xarrod- Domar modelining boshqa bir qoidasi bo`yicha ayrim parametrlar, chunonchi daromadlardagi jamg`arma hissasi va kapital quyilmalarning o`rtacha samaradorligi uzrq davr mobaynida doim deb tan olinishi hisoblanadi.

Domar va Xarrod modellaridagi farq-boshlang`ich pozitsiyalardagi ayrim ko`rsatkichlardir. Masalan, Xarrod medelida investitsiya va jamg`armalar tengligi g`oyasi, Domarda esa pul daromadlari (talab) va ishlab chiqarish quvvatlari (taklif) teng deb qabul qilinadi.Ikkala olim shunga ishonchlari komilki, daromad o`sishini ta'minlashda investitsiyalar roli, ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi faoldir, bunda shu narsa PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 338 ko`zda tutiladiki, o`sishi bandlikka yordam beradi, bu esa o`z yo`lida, korxonalarning yarim quvvat bilan ishlashi va ishsizlikning oldini oladi. Bu Keynsning shu sohadagi konsepsiyasini so`zsiz tan olishdir; chunki Keyns bo`yicha, iqtisodiy jarayonlar investitsiya va jamg`armalar orasidagi proporsiyalar xarakteri va dinamikasiga bog`liq, aniqroq aytilsa investitsiyalarning ildam o`sishi, baholar darajasi o`sishiga sabab bo`ladi, jamg`armalar o`sishi esa korxonalarning to`la ishlamasligi va ishsizlikning sababidir.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling