Mavzu: djon meynard keys iqtisodiy ta`limoti


Keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati


Download 0.5 Mb.
bet4/4
Sana14.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1702172
1   2   3   4
Bog'liq
IAKT slayd

Keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati.

  • Shuni aniq qilib aytish kerakki, Keyns ta'limoti inqirozlar, urushlar va urushdan keyingi davrlar uchun samarali bo`ldi, chunki favqulotta holatlar davrida davlatning roli kuchli bo`lishi kerak. Amalda esa, ayniqsa 2-jahon urushidan so`ng G’arb mamlakatlarini sotsialistik oriyentatsiyasi kuchaydi (davlat mulki oshib bordi), davlat budjeti qarzlari ko`payib, ishsizlik ham o`sgan, inflatsiya kuchli. Bu ijtimoiy ishlarni ko`paytirishga qaratilgan tadbirlar oqibatidir deb tan olinmoqda. Ishsizlikning ish haqini pasaytirish yo`li bilan hal etish tarafdorlari ham mavjud, ammo pul massasini ko`paytirish (inflatsiyaga olib keladi), ya'ni emissiya yo`li ko`pchilikka oson ko`rinadi. Bu konsepsiya ma'lum davr mobaynida inflatsiya bo`lmagan holda minemal ishsizlik darajasini isbotlashga imkon beradi.

70-yillardan boshlab Keyns ta'limotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bo`yicha neoliberalizm g`oyalari asosiy bo`lib qoldi, chunki bu davrda jahoning ko`pgina mamlakatlarida inqiroz holatlari doim voqeaga aylanib qoldi. Inflatsiya, davlat budjetining kamomadi, ishsizlik toboro kuchaydi. Neoliberallar keynschilarni tanqid qilar ekanlar, iqtisodiyotda davlat sektorining oshuvi, erkin raqobatning kamayishi, iqtisodiyotning muhim tarmoqlariga investitsiyalar kamayganligi ular g`oyalarining sayozligidan dalolat beradi, deb hisoblaydilar. 70-80-yillar neoliberal g`oyalar iqtisodiyotda tobora ustunligini egallay boshladi. Ko`p davlatlarda iqtisodiyotni denatsionalizatsiya qilish kuchaydi (nodavlat shakllariga o`tildi). Buning oqibatida Buyuk Britaniya (Tetcherizm), Fransiya, Yaponiya, Chili (Pinochet), Ispaniya va boshqa mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimallashtirildi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling